Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bitim doirasida Özbekistonga 252,5 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağlarni qaytariş közda tutilgan. Uşbu mablağlar «Işonç – 2030» (Uzbekistan Vision 2030 Fund) trast jamğarmasi orqali aholining ijtimoiy farovonligini oşiriş va inson kapitalini rivojlantirişga yönaltiriladi.
Resurslarni taqsimlaş strategiyasining ikkinçi bosqiçi Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fazilkarimov, Şveysariyaning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Simone Giger hamda BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mal tomonidan imzolangan.
Mazkur jamğarma Özbekiston, Şveysariya va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti hamkorligida taşkil etilgan bölib, Şveysariyada musodara qilingan aktivlarni Özbekiston xalqi manfaatlari yölida qaytariş va ulardan samarali foydalanişni taʼminlaşga qaratilgan.
Jamğarma mablağlari Özbekiston hukumati bilan hamkorlikda BMT va Jahon banki iştirokidagi dasturlar orqali taqsimlanadi. Bunda loyihalarni tanlaş, amalga oşiriş va natijalarini monitoring qiliş jarayonlarida şaffoflik, hisobdorlik hamda jamoatçilik iştirokiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Maʼlumotlarga köra, jamğarmaning resurslarni taqsimlaş böyiça birinçi bosqiçi doirasida soğliqni saqlaş va taʼlim sohalariga 87 million dollar yönaltirilgan. Uşbu mablağlar onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, perinatal yordamni takomillaştiriş, taʼlim sifatini oşiriş, öqituvçilarning raqamli könikmalarini rivojlantiriş hamda tegişli tizimlar salohiyatini mustahkamlaşga sarflangan.
Strategiyaning ikkinçi bosqiçida 252,5 million dollar miqdoridagi aktivlarni qaytariş va ularni ustuvor ijtimoiy dasturlarga yönaltiriş mexanizmi belgilangan.
Unda ikkita asosiy yönaliş ustuvor etib belgilangan:
Soğliqni saqlaş — bolalar va ösmirlarga tibbiy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş, kasalliklarning oldini oliş va erta aniqlaş, ayrim onkologik kasalliklarni davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oşiriş.
Taʼlim — maktab infratuzilmasini yaxşilaş, jumladan, yangi maktablar qurilişini qöllab-quvvatlaş, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, öqituvçilar malakasini oşiriş va sifatli taʼlimdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş.
Ayniqsa, qişloq hududlarida va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari çeklangan aholi qatlamlari uçun şaroitlarni yaxşilaşga ustuvor ahamiyat beriladi.
Şuningdek, jamğarma faoliyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, mablağlardan maqsadli foydalaniş, loyihalar natijadorligini baholaş hamda fuqarolik jamiyati vakillarining mustaqil monitoringdagi iştiroki muhim tamoyillar sifatida belgilangan.
Navbatdagi bitimning tasdiqlanişi Özbekiston va Şveysariya örtasida noqonuniy olib çiqilgan aktivlarni qaytariş borasidagi hamkorlik izçil davom etayotganini körsatadi.