Akbar Jörayev –110 kg vazn toifasida iştirok etib, dast kötariş maşqida 198 kg natija qayd etdi va jahon rekordini yangiladi.

Hamyurtimiz siltab kötarişda ham yuqori natija körsatdi. Uşbu maşqda 234 kg toşni kötargan sportçimiz ikki kuraş natijasiga köra 432 kg bilan mutlaq çempionlikni qölga kiritdi.

Qayd etiş joizki, Akbar Jörayevning ikki kuraşdagi 432 kg natijasi ham jahon rekordi sifatida qayd etildi. Şu tariqa, u musobaqani ikkita jahon rekordi va oltin medal bilan yakunlamoqda.

Mazkur jahon çempionati Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya öyinlari uçun reyting oçkolarini töplaş nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Hamyurtimiz ikki jahon rekordi evaziga qöşimça bonus oçkolarini ham qölga kiritadi.