Toşkent davlat agrar universitetida taşkil etilgan, Olimpiya çempionlari, taniqli bokschilar Bahodir Jalolov va Abdumalik Xaloqov bilan uçraşuv men uçun ana şunday unutilmas voqealardan biri böldi. Dunyo sport maydonlarida Özbekiston bayroğini baland kötargan, millionlab yurtdoşlarimiz qalbida faxr va ğurur tuyğularini uyğotgan sportçilar bilan bir davrada böliş, ularni yaqindan köriş va muloqot qiliş imkoniyati biz, yoşlar uçun katta şaraf edi.

Bugun sport haqida gap ketganda, köz oldimizga faqat musobaqalar, ğalabalar, oltin medallar yoki şohsupada yangragan davlat madhiyasi kelmasligi kerak. Çunki har bir medal ortida yillar davomida qilingan mehnat, maşaqqatli maşğulotlar, sabr-toqat, intizom, ba’zan esa boşqalarga körinmaydigan kuraşlar turadi. Çempionlik – bu birgina musobaqada qölga kiritilgan natija emas, balki insonning öz ustidan olib borgan uzoq davom etgan ğalabasidir.

Bahodir Jalolov va Abdumalik Xaloqovning sportdagi faoliyatiga nazar taşlar ekanman, aynan şu jihatga alohida e’tibor qarataman. Ular xalqaro sport maydonlarida erişgan yutuqlari bilan nafaqat öz nomlarini, balki Özbekiston nomini ham dunyoga tanitgan sportçilardir. Ularning muvaffaqiyatlari zamirida Vatanga muhabbat, öz kasbiga sadoqat va oldiga qöygan maqsadiga erişiş yölidagi qat’iyat mujassam.

Uçraşuv davomida menda bir fikr yanada mustahkamlandi: inson qaysi sohada faoliyat yuritişidan qat’iy nazar, yuksak natijaga erişiş uçun, avvalo, öz oldiga aniq maqsad qöyişi va şu maqsad yölida izçil harakat qilişi zarur. Sportçining ringdagi ğalabasi bilan talabaning ilm yölidagi muvaffaqiyati örtasida katta öxşaşlik bor. Har ikkisi ham tayyorgarlik, bilim, intizom, sabr va öz ustida muntazam işlaşni talab etadi.

Men ham bugun universitetda tahsil olayotgan talaba sifatida kelajakda öz sohamning yetuk mutaxassisi bölişni, egallayotgan bilimlarimni amaliyot bilan uyğunlaştirişni va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşişni maqsad qilganman. Biroq ba’zan oldimizga qöygan maqsadlarimizga erişiş yölida qiyinçiliklarga duç kelamiz, ayrim paytlarda esa öz imkoniyatlarimizga şubha bilan qaraşimiz ham mumkin. Ana şunday vaziyatlarda hayotda katta muvaffaqiyatlarga erişgan insonlarning faoliyati, bosib ötgan yöli va tajribasi biz uçun muhim ibrat böla oladi.

Menimça, mazkur uçraşuvning eng muhim jihati ham şunda. Çunki çempionlarni faqat televizor ekranlari yoki sport musobaqalari orqali kuzatiş bilan ularning hayot yölini yaqindan his qiliş örtasida katta farq bor. Ular bilan bir davrada böliş yoşlarni öz imkoniyatlariga boşqaça nazar bilan qaraşga, katta orzular sari intilişga undaydi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoşlarning ta’lim olişi, kasb-hunar egallaşi, sport bilan şuğullanişi va öz salohiyatini namoyon etişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday şaroitda biz, yoşlarning asosiy vazifamiz uşbu imkoniyatlardan unumli foydalaniş, vaqtimizni mazmunli taşkil etiş va jamiyatda munosib örin egallaşdan iborat. Çunki kelajak öz-özidan bunyod bölmaydi. Uni bugungi bilimimiz, intilişimiz, mehnatimiz va mas’uliyatimiz bilan yaratamiz.

Ayniqsa, agrar sohada tahsil olayotgan biz talabalar uçun ham katta marralar mavjud. Bugun qişloq xöjaligi oddiy işlab çiqariş jarayoni bilan çeklanib qolmay, zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy samaradorlik bilan çambarças boğliq sohaga aylanmoqda. Demak, biz ham öz bilimimiz va salohiyatimiz bilan xalqaro miqyosda raqobatbardoş mutaxassislar bölib yetişişimiz, yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan yangiliklar yaratişimiz lozim.

Sportdagi çempionlik ham, ilm-fandagi yutuq ham, işlab çiqarişdagi muvaffaqiyat ham bir xil qadriyatlarga – mehnatsevarlik, intizom, mas’uliyat va fidoyilikka tayanadi. Şu ma’noda, bugungi dunyo tanigan chempionlarning hayot yöli biz uçun nafaqat sportdagi muvaffaqiyat namunasi, balki har qanday sohada yuksak natijalarga erişiş mumkinligini körsatuvçi ibrat maktabidir.

Yana bir jihat meni çuqur öylantirdi: xalqaro maydonda Vatan şa’nini himoya qiliş, davlat bayroğini baland kötariş naqadar katta mas’uliyat ekanini anglaş. Menimça, vatanparvarlik faqat balandparvoz sözlarda emas, balki har bir insonning öz işiga bölgan munosabatida, kasbiga sadoqatida va yurtiga keltirayotgan amaliy foydasida namoyon böladi. Kimdir sport maydonida, kimdir ilm-fan sohasida, yana kimdir işlab çiqariş yoki tadbirkorlikda öz mehnati bilan Vatan obrösini yuksaltirişi mumkin.

Şunday uçraşuvlar universitet hayotiga alohida mazmun bağişlaydi. Çunki oliy ta’lim muassasasi faqat bilim beradigan maskan emas, balki yoşlarning dunyoqaraşi şakllanadigan, ularning hayotiy pozitsiyasi, maqsadlari va intilişlari mustahkamlanadigan muhim tarbiya muhitidir. Turli sohalarda muvaffaqiyat qozongan insonlar bilan uçraşuvlar esa ana şu jarayonning muhim tarkibiy qismidir.

Uşbu uçraşuvdan olgan eng katta xulosam şuki, muvaffaqiyatga erişiş uçun albatta boşqalardan ustun böliş şart emas. Eng avvalo, öz kamçiliklaring ustida işlaş va boşlagan işingni oxiriga yetkaziş kerak. Katta ğalabalar ham kiçik, ammo muntazam qadamlar bilan boşlanadi.

Men işonamanki, bugun universitetimizda tahsil olayotgan yoşlar orasidan ham kelajakda mamlakatimiz nomini dunyoga tanitadigan olimlar, yetuk mutaxassislar, sportçilar va fidoyi insonlar yetişib çiqadi. Buning uçun bizda imkoniyat ham, salohiyat ham yetarli, eng muhimi, intiliş bölişi kerak.

Bahodir Jalolov va Abdumalik Xaloqov bilan bölib ötgan uçraşuv menda ana şu işonçni yanada mustahkamladi. Ularning timsolida biz muvaffaqiyatning ortida qanday mehnat va matonat turişini yana bir bor his etdik. Eng muhimi, katta maqsadlar sari intiliş, öz ustimizda işlaş va Vatanimizga munosib farzand böliş zarurligini çuqurroq angladik.

Jahonbek  Örazboyev,

Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş fakulteti 2-bosqich talabasi