Muloqot davomida media sohasida hamkorlikni yölga qöyiş, jurnalistlar uçun xalqaro tajriba almaşiş dasturlarini taşkil etiş hamda özaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

IREX (International Researç & Exçanges Board) — AQŞda taşkil etilgan xalqaro notijorat taşkilot bölib, taʼlim, jurnalistika, axborot almaşinuvi va institutsional rivojlaniş yönalişlarida faoliyat yuritadi.

Taşkilot şu kunga qadar 100 dan ortiq mamlakatda turli hamkorlik loyihalarini amalga oşirgan. Uning asosiy maqsadi taʼlimni rivojlantiriş, axborotdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, yetakçilik salohiyatini oşiriş va jamiyat institutlarini mustahkamlaşdan iborat.

Şuningdek, IREX jurnalistlar malakasini oşiriş, media taşkilotlar salohiyatini rivojlantiriş, media savodxonlikni yuksaltiriş, soxta axborot va dezinformatsiyaga qarşi kuraşişga qaratilgan qator loyihalarni amalga oşirib kelmoqda.