Içki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan Toşkent şahrining Bektemir tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur firibgarlik holati foş etildi.

Aniqlanişiça, 2000-yilda tuğilgan Sardor va uning 1997-yilda tuğilgan şerigi Xurşid OLX.UZ va Telegram platformalarida özlarini uy egasi yoki riyeltor sifatida taniştirib, ijaraga beriladigan uy-joylar haqida soxta eʼlonlar joylaştirgan. Ular uylarni bozor narxidan ança arzon narxlarda taklif qilib, qiziqiş bildirgan fuqarolardan oldindan tölov sifatida pul mablağlarini olgan. Şundan söng esa aloqani uzib, ğoyib bölgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida uşbu jinoyatlarni ikki şaxs özaro til biriktirgan holda sodir etgani aniqlangan.

Tintuv tadbirida jinoyatga aloqadorligi aniqlangan sakkizta telefon apparati, 15 ta SIM-karta va 16 ta bank kartasi aşyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi notaniş şaxslar, ayniqsa, uy-joylarni bozor narxidan ança arzon narxlarda ijaraga berişni taklif qilayotgan şubhali vositaçilarga işonmaslikka çaqirdi.