9-noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «Özenergoinspeksiya» hamda «Hududgaztaʼminot» AJ xodimlari hamkorligida ötkazilgan nazorat tadbirlarida 7 ta holatda jami 249 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.

Aniqlangan holatlarning ayrimlari gaz taʼminoti tizimi xodimlari bilan boğliq. Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasida «Amudaryotumangaz» bölimi suyultirilgan gaz xizmati çilangari 104 ta gaz ballonini tegişli hujjatlarsiz va yonğin xavfsizligi talablariga zid ravişda saqlab kelgan.

Surxondaryo viloyatida «Şerobodtumangaz» taʼminoti bölimi haydovçisi öz xonadonida 25 ta gaz ballonini saqlagan. Toşkent viloyatida esa «Quyiçirçiqtumangaz» bölimi gaz töldiriş şoxobçasi xodimida 3 ta gaz balloni borligi aniqlangan.

Qonunbuzilişlar faqat tizim xodimlari bilan çeklanmagan. Namangan şahrida 1986-yilda tuğilgan şaxs keyinçalik aholiga sotiş maqsadida öz xonadonida 20 ta gaz ballonini saqlagan.

Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida esa 1974 va 1996-yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaroning xonadonlarida jami 92 ta gaz balloni yonğin xavfsizligi talablariga zid ravişda saqlangan.

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida 1995-yilda tuğilgan şaxs mahalladagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasida aholi uçun ajratilgan, gaz idoralariga tegişli 5 ta ballondan noqonuniy foydalangan.

Bu bir kunlik nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar bilan çeklanmaydi. Maʼlum qilinişiça, 20-oktyabrdan buyon respublika böyiça 370 ta holatda jami 9 455 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan. Ulardagi suyultirilgan gaz miqdori 102 158 kilogrammni taşkil etgan.

Bunday holatlar nafaqat aholini gaz bilan taʼminlaşga, balki xavfsizlikka ham tahdid tuğdiradi. Gaz ballonlarini belgilangan talablarga zid ravişda köp miqdorda saqlaş yonğin va portlaş xavfini oşiradi.

Fuqarolardan gaz ballonlarining şubhali savdosi, noqonuniy töplanişi va xavfli şaroitda saqlanişi holatlari haqida Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga xabar beriş söralgan. Murojaat qiluvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.