Mamlakatimizda neft-gaz sohasini tubdan isloh qiliş, texnologik va iqtisodiy salohiyatini oşirişga qaratilgan keng kölamli jarayonlar keçmoqda. “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida joriy yil boşidan buyon keçayotgan özgarişlar ham aynan şu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

2026-yilning dastlabki töqqiz oyi natijalariga nazar taşlar ekanmiz, erişilgan körsatkiçlar bilan birga sohaning kelgusi rivoji uçun muhim bölgan yangi imkoniyatlar şakllanayotganini köramiz.

Geologiya-qidiruv işlaridagi faollik, quduqlarni tiklaş, burğilaş salohiyatini oşiriş, mahsulot turlarini kengaytiriş va moliyaviy boşqaruvni takomillaştiriş bir-biri bilan uzviy boğliq jarayonlardir.

Ertangi zaxiralar bugungi izlanişlardan boşlanadi

Neft-gaz sanoatida barqarorlikni taʼminlaşning birinçi şarti — işonç­li xomaşyo bazasi. Mavjud konlarda ­tabiiy pasayiş kuzatilayotgan bir paytda yangi zaxiralarni aniqlaş, çuqur qatlamlarni örganiş va istiqbolli maydonlarni sanoat özlaştirişiga tayyorlaş strategik ahamiyat kasb etadi.

Şu nuqtai nazardan, joriy yilning yanvar-sentyabr oylaridagi geologiya-qidiruv işlari natijasida beşta yangi gaz koni oçilgani muhim voqea böldi. Qiziljar, Şağirliq — Quyi yura, Telegri, Gulşanboğ va Kaprin konlari aniqlanişi mamlakatimizning uglevodorod xom­aşyo bazasini kengaytiriş yölidagi amaliy natijalardir.

Ayni paytda 42 ta investitsiya blokida yangi konlarni aniqlaş va çuqur qatlamlarni örganiş davom ettirilmoqda. Xitoyning BGP kompaniyasi iştirokida Tagman, Kogon va Şohpaxta loyihalarida 3D seysmik tadqiqotlar qilinmoqda. Ustyurtdagi Möynoq, Qiziljar, “Ğarbiy quyi Surgil va Şağirliq — Quyi yura maydonlarida sanoat ahamiyatiga ega gaz va kondensat oqimlari olindi. Ulardagi zaxiralar xalqaro standartlar asosida baholanmoqda.

Seysmik tadqiqotlar kölami 2025-yildagiga nisbatan beş baravar oşirilib, 7430 kvadrat kilometr maydonda 3D qidiruv işlari bajarildi. 17 ta yangi maydonda çuqur izlov burğilaş boşlandi, 25 ta quduq qurilişi yakunlandi.

Yil yakuniga qadar 3D tadqiqotlar qamrovini 11 ming 900 kvadrat kilo­metrga yetkaziş rejalaştirilgan. Buning uçun geologiya-qidiruv va burğilaş jarayonlarini yagona texnologik zanjir asosida taşkil etiş, zamonaviy uskunalar bilan taʼminlaş va boşqaruv samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

“Özbekgeofizika” aksiyadorlik ja­miya­­ti “Özbekneftgaz” tarkibiga birlaştirilişi muhim taşkiliy yeçim böldi. Geologiyadan tortib, quduq qurilişigaça bölgan jarayonlarni yagona boş­qaruv tizimiga birlaştiriş orqali vaqt va moliyaviy resurslarni tejaş, tadqiqot natijalarini işlab çiqarişga tezroq tatbiq etiş imkoniyati kengaydi. Şu bilan birga AQŞning INOVA kompaniyasi bilan hamkorlikda 38 million dollarlik zamonaviy geofizik uskunalar xarid qiliş rejalaştirilgan. Jumladan, 20 ming kanalli ikkita 3D seysmik kompleks, yuqori harorat va bosimga bardoşli 216 komplekt quduq uskunasi, oltita karotaj va önta geologik-texnologik tadqiqot stansiyasi olinişi möljallangan. Endigi vazifamiz nafaqat tadqiqotlar kölamini oşiriş, balki ularning aniq geologik natijalar va yangi zaxiralar bilan ifodalanişiga erişişdir.

Milliy burğilaş salohiyati

Yangi konlarni aniqlaşning özi yetarli emas. Ularni özlaştiriş uçun çuqur va murakkab geologik şaroitlarda işlay oladigan texnika, zamonaviy texnologiyalar va malakali mutaxassislar zarur.

Şu sababli burğilaş xizmatlarida taşqi pudratçilarga qaramlikni kamaytiriş, tannarxni pasaytiriş va milliy texnik salohiyatni mustahkamlaş maqsadida “UNG Burğilaş” ixtisoslaştirilgan korxonasi taşkil etildi.

Korxonaning moddiy-texnik bazasini şakllantiriş uçun Xitoyning CNLC, Honghua, CNTIC va RG Petro kompaniyalaridan ZJ-90, ZJ-70 va ZJ-40 rusumli

15 ta zamonaviy burğilaş dastgohi xarid qiliş masalasi körib çiqilmoqda. Bu dastgohlar 9 ming metrgaça çuqurlikda burğilaş imkoniyatiga ega.

Bu, avvalo, ilgari texnik imkoniyatlar çeklangani sababli yetarliça örganilmagan çuqur qatlamlarga yetib boriş, istiqbolli zaxiralarni aniqlaş va quduq qurilişida milliy korxonalar iştirokini kengaytirişga xizmat qiladi. Loyiha doirasida muhandislar, burğilovçilar va texnik mutaxassislar uçun mingdan ortiq yangi iş örni yaratilişi közda tutilgan.

Navbatdagi muhim texnologik yönaliş — qiya yönaltirilgan va gorizontal burğilaş usullarini keng joriy etiş. AQŞning Sçlumberger va Xitoyning CNPC kompaniyalari bilan hamkorlikda tatbiq etilişi közda tutilgan uşbu texnologiyalar gazli qatlam bilan quduqning özaro taʼsir yuzasini kengaytiriş va mahsuldorlikni oşiriş imkonini beradi. Dastlabki ilmiy hisob-kitoblarga köra, bunday quduqlarda sutkalik qazib çiqariş körsatkiçi oddiy vertikal quduqlardagiga nisbatan 50-60 foizgaça yuqori bölişi mumkin.

Bu kabi investitsiyalar geologiya-qidiruv işlari aniqligi va sifatini oşiriş, murakkab qatlamlarni örganiş hamda burğilaş jarayonlarini ilğor xalqaro tajriba asosida taşkil etiş uçun muhim zamin yaratadi.

Samaradorlikning asosiy şarti

Yangi konlar kelgusi yillar zaxirasi bölsa, mavjud quduqlarni tiklaş bugungi işlab çiqariş barqarorligini taʼminlaşning muhim omilidir. Tabiiyki, uzoq yillar davomida işlayotgan konlarda qatlam bosimi pasayişi, quduqlar debiti kamayişi va texnik holat bilan boğliq muammolar yuzaga keladi. Bunday şaroitda işlab çiqarişni faqat yangi quduqlar hisobiga köpaytiriş mumkin emas. Mavjud quduqlar imkoniyatini qayta baholaş, taʼmirlaş va ularni samarali işlatiş ham zarur.

Şu borada 2026-yilning töqqiz oyida 80 ta quduq burğilandi. Bundan taşqari, 114 ta quduq taʼmirlanişi natijasida kunlik gaz qazib çiqariş qöşimça 4 million kub metrga oşirildi. 35 ta quduqda mukammal taʼmirlaş bajarilib, avval töxtab qolgan quduqlarni qayta işga tuşiriş, ularni çuqurlaştiriş va istiqbolli qatlamlarga ötiş orqali qöşimça mahsulot olişga erişildi.

Mukammal taʼmirlaş işlarini yanada tez va sifatli bajariş uçun texnika parkini yangilaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. “Özbekneftgaz” AJ eskirgan dastgohlar örniga zamonaviy va yuk kötariş quvvati yuqori texnika olmoqda. Xitoyning ilğor kompaniyalaridan biri bilan tuzilgan şartnomaga köra, yuk kötariş quvvati 135 tonna bölgan 4 ta zamonaviy dastgoh xarid qilinmoqda. Ulardan 2 tasi allaqaçon işga tuşirilib, konlardagi quduqlarda taʼmirlaş işlari olib borilmoqda. Yangi dastgohlar taʼmirlaşni sezilarli tezlaştiradi, çuqur quduqlarda murakkab işlarni yuqori samaradorlik bilan bajariş, taʼmirlaş kölamini kengaytiriş va iş vaqtini qisqartiriş imkonini beradi. Oddiy qilib aytganda, quduqlarni mukammal taʼmirlaş vaqt ötişi bilan işdan çiqqan yoki gaz berişi kamayib qolgan quduqni qayta “davolaş” demakdir. Bunda quduqdagi nosozliklar bartaraf etiladi, zarur bölsa, quduq çuqurlaştiriladi yoki boşqa istiqbolli qatlamga ötkaziladi. Natijada quduq yana barqaror işlay boşlaydi, undan uzoq muddat foydalaniş va köproq mahsulot oliş imkoni paydo böladi.

Qazib çiqariş barqarorligini saqlaş maqsadida 78,5 million dollar qiymatidagi 35 ta kiçik kompressor xarid qilinmoqda. Ularning yettitasi yetkazib kelinib, montaj boşlangan.

Körilgan çora-tadbirlar natijasi sezilmoqda. Oktyabr oyi boşidan jamiyat böyiça kunlik gaz qazib çiqariş hajmi belgilab olingan çora-tadbirlar rejasidan 1,6 million kub metrga oşdi. Bu, albatta, işlab çiqarişdagi mavjud muammolar töliq bartaraf ­etildi ­degani emas. Oldimizda konlardagi tabiiy pasayişni qoplaş, yangi zaxiralarni işga tuşiriş va qazib çiqariş barqarorligini taʼminlaşdek katta vazifalar turibdi.

Xomaşyodan tayyor mahsulotgaça

Neft-gaz sohasining iqtisodiy qiymati faqat qazib olingan xomaşyo hajmi bilan belgilanmaydi. Uning qançalik çuqur qayta işlanişi, qanday qöşimça qiymat yaratişi va sanoatning boşqa tarmoqlari uçun qanday imkoniyatlar oçişi ham muhimdir.

Joriy yilning töqqiz oyida jamiyat tizimida 41,8 trillion sömlik sanoat mahsuloti işlab çiqarildi. Reja 105,7 foiz bajarildi, ösiş surʼati esa 105,9 foizni taşkil etdi.

Hisobot davrida 773,5 ming tonna avtobenzin, 759,7 ming tonna dizel yoqilğisi, 210,6 ming tonna aviakerosin va 452,7 ming tonna suyultirilgan gaz işlab çiqarildi. Şuningdek, sanoat ehtiyojlari uçun 135,1 ming tonna oltingugurt va 101,3 ming tonna polietilen granulalari tayyorlandi.

Biroq biz bugungi mahsulot hajmlari bilan çeklanib qolmasligimiz kerak. Asosiy maqsad — xomaşyoni qayta işlaş darajasini oşiriş, import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş va mahalliy sanoat uçun yangi xomaşyo manbalarini yaratiş.

Şu maqsadda respublikada ilk bor sintetik moy, tozalangan parafin va çiziqli alkilbenzol — LAB işlab çiqarişni yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Ayniqsa, maişiy kimyo va sintetik yuviş vositalari işlab çiqarişda muhim xom­aşyo hisoblangan LABning mahalliylaştirilişi sanoat kooperatsiyasi uçun yangi imkoniyatlar oçadi.

Bunday loyihalarning ahamiyati faqat yangi mahsulot işlab çiqariş bilan çeklanmaydi. Ular importga sarflanadigan valyuta mablağlarini tejaş, mahalliy korxonalarni xomaşyo bilan taʼminlaş, yangi iş örinlari yaratiş va eksport salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.

Qiş mavsumiga tayyorgarlik doi­rasida ham yoqilği taʼminoti ­barqarorligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, neft bazalarida benzin zaxirasi ötgan yilning şu davridagiga nisbatan 2,5 barobar köp şakl­lantirildi. Bu mavsumiy talabni öz vaqtida qondiriş uçun muhim zaxiradir.

Muhim iqtisodiy mantiq

Işlab çiqarişni modernizatsiyalaş, yangi texnologiyalar joriy etiş va geologiya-qidiruv işlarini kengaytiriş, eng avvalo, mustahkam moliyaviy asosni talab etadi. Şu bois, jamiyatda xarajatlarni maqbullaştiriş, qarz yukini kamaytiriş, investitsiyani samarali boşqariş va daromad manbalarini kengaytirişga qaratilgan çoralar körilmoqda.

Töqqiz oyda xarajatlarni optimallaştiriş hisobiga 1,9 trillion söm tejaldi. Reja 111,5 foiz bajarildi. Jamiyat uluşi mavjud korxonalardan ilk bor 2,6 trillion söm dividend hisoblandi. Davlat byudjetiga esa 6,9 trillion söm yönaltirildi.

Hisobot davrida eksport hajmi 736,7 million dollarga yetdi. Bu boradagi reja 151 foiz bajarildi. 790 million dollarlik investitsiya özlaştirildi, mahalliylaştiriş doirasida 17,3 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarildi.

Moliyaviy boşqaruvdagi muhim özgarişlardan yana biri kredit majburiyatlarini qayta körib çiqiş va qarzlarga xizmat körsatiş xarajatlarini kamaytirişdir. 69 ta kredit şartnomasidan 41 tasi böyiça qayta moliyalaştiriş va muddatidan oldin söndiriş işlari amalga oşirilib, 18 million dollar foiz xarajatlari tejaldi. Mahalliy kreditlar böyiça foiz stavkalari 9,5-12 foizdan 7,4-7,5 foizga, moliyaviy kredit yelkasi esa 3,1x dan 2,2x gaça pasaydi.

Navbatdagi vazifa — davlat kafolati ostida jalb qilingan 1,1 milliard dollarlik kreditlarni qayta moliyalaştiriş. Bu boradagi işlar natijasida 260 million dollarlik kredit foiz stavkasini 5 foizdan qatʼiy 3,75 foizga, “Uzbekistan GTL”ning 840 million dollarlik qarzi böyiça stavkani esa örtaça 7,7 foizdan 3,8 foizga tuşiriş kutilmoqda.

Bu raqamlar ortida oddiy, ammo muhim iqtisodiy mantiq bor: samarasiz xarajatlarni qisqartiriş orqali böşagan mablağlarni işlab çiqarişni rivojlantiriş, yangi texnologiyalar xarid qiliş va inson kapitaliga yönaltiriş mumkin.

Inson manfaati ustuvor

Har qanday texnika, texnologiya yoki moliyaviy körsatkiç ortida inson mehnati turadi. Neftçi va gazçilarning maşaqqatli mehnatisiz, muhandis va işçilarning bilim va tajribasisiz birorta ham loyihani amalga oşirib bölmaydi.

Ayniqsa, sahro şaroitida, qahraton qiş va yozning jazirama issiğida mehnat qilayotgan xodimlar uçun munosib iş va yaşaş şaroitini yaratiş jamiyat oldidagi muhim vazifalardan biridir.

Şu maqsadda joriy yilning töqqiz oyida tizim xodimlarining oylik iş haqi 21 foiz oşirildi. Ustyurtda 160 örinli, Şörtanda esa 130 örinli yotoqxona foydalanişga topşirildi. Işçi-xodimlarni kuniga bir mahal tekin issiq ovqat bilan taʼminlaş yölga qöyildi.

Mehnat şaroitlarini yaxşilaş transport taʼminotini yangilaş bilan ham uyğunlaştirildi. Konlarda işlaydigan xodimlar uçun 52 ta maxsus yöltanlamas avtomobil, işçilarni iş joylariga taşiş maqsadida 58 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi.

Bu işlar davom ettiriladi. Yil yakuniga qadar neft va gaz qazib çiqariş boş­qarmalaridagi yotoqxonalar hamda vagon uylarni kapital taʼmirlaş, isitiş va sovitiş tizimlarini yangilaş, sanitariya talablariga muvofiqlaştiriş rejalaştirilgan.

Çunki biz uçun işlab çiqariş samaradorligi bilan bir qatorda xodimlar salomatligi, xavfsizligi va ijtimoiy himoyasi ham ustuvor ahamiyatga ega. Islohotlarning haqiqiy natijasi, avvalo, mehnat qilayotgan insonning hayotidagi ijobiy özgarişlarda namoyon bölişi kerak.

Taraqqiyot uçun zamin

“Özbekneftgaz” tizimidagi özgariş­larni alohida-alohida loyihalar yoki statistik körsatkiçlar yiğindisi sifatida baholaş töğri bölmaydi. Geologiya-qidiruv işlari kengayişi, milliy burğilaş salohiyati şakllanişi, mavjud quduqlarni tiklaş, yangi texnologiyalarni joriy etiş, qayta işlaş quvvatlarini rivoj­lantiriş va moliyaviy barqarorlikni mus­tahkamlaş — bularning barçasi yagona maqsadga qaratilgan.

Bu maqsad mamlakatimizning energetika xavfsizligini, milliy iqtisodiyotni zarur uglevodorod resurslari va sanoat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlaş, sohaning raqobatbardoşligini oşirişdir.

Albatta, oldimizda hali yeçimini kutayotgan murakkab vazifalar köp. Konlardagi tabiiy pasayişni qoplaş, yangi zaxiralarni işlab çiqarişga kiritiş, texnologik yangilanişni jadallaştiriş va moliyaviy majburiyatlarni yanada maqbullaştiriş doimiy eʼtibor talab etadi.

Biz har bir loyihaga faqat sarflanadigan mablağ nuqtai nazaridan emas, balki uning kelgusi iqtisodiy samarasi, yaratiladigan qöşimça qiymati va mamlakat energetika tizimiga qöşadigan hissasi nuqtai nazaridan yondaşişimiz zarur.

Işonçimiz komilki, izçil islohotlar, xalqaro hamkorlik, zamonaviy texnologiyalar va malakali kadrlar salohiyatini birlaştiriş orqali “Özbekneftgaz”ni nafaqat bugungi vazifalarni bajaradigan, balki ertangi kun talablariga ham tayyor bölgan zamonaviy energetika kompaniyasiga aylantiramiz.

Zero, energetikada barqaror kelajak bugungi izlaniş, qatʼiyatli qaror va samarali mehnat bilan yaratiladi.

Abduğani SANGINOV,

“Özbekneftgaz” AJ boşqaruvi raisi

Farovonlik xaritasi