Ayniqsa, pandemiya davridagi çeklovlar va ijtimoiy yakkalanişni oğir ötkazgan ösmirlarda biologik qariş belgilari kuçliroq namoyon bölgan. Bu haqda Germaniya olimlarining PNAS ilmiy jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotida maʼlum qilindi.
Maks Plank nomidagi Psixiatriya instituti mutaxassislari boşçiligidagi tadqiqotda 1 028 nafar insonning maʼlumotlari örganilgan. Ularning 359 nafari bolalar, 385 nafari ösmirlar va 284 nafari kattalar bölgan.
Tadqiqot iştirokçilaridan pandemiya boşlanişidan oldin, şuningdek, 2021-yil sentyabridan 2022-yil mayigaça bölgan davrda sölak namunalari olingan. Olimlar uşbu namunalar orqali DNKdagi kimyoviy belgilarni tahlil qilib, epigenetik yoş va biologik qariş tezligini baholagan.
Qöllanilgan törtta ölçaş usulidan uçtasi biologik qariş tezlaşganini körsatuvçi belgilarni aniqlagan. Eng sezilarli özgarişlar ösmirlarda kuzatilgan: törtta usulning uçtasida şunday natija qayd etilgan. Kattalarda ikkita, bolalarda esa bitta usul orqali qariş jarayoni tezlaşgani belgilari aniqlangan.
Tadqiqotda ösmirlarning stressni qanday qabul qilişi bilan biologik qariş tezligi örtasidagi boğliqlikka ham eʼtibor qaratilgan. Xususan, pandemiya davrida yaqinlaridan ayri holda qoliş, şaxsiy erkinlikning çeklanişi va ijtimoiy izolyatsiyani oğir keçirgan ösmirlarda biologik körsatkiçlardagi özgarişlar kuçliroq bölgan.
Bundan taşqari, ijtimoiy-iqtisodiy holati nisbatan past bölgan oilalarda tarbiyalanayotgan ösmirlarda ham bunday özgarişlar yaqqolroq namoyon bölgan.
Şu bilan birga, olimlar tadqiqot natijalari pandemiya biologik qarişni bevosita tezlaştirganini töliq isbotlamasligini taʼkidlamoqda. Şuningdek, aniqlangan özgarişlar uzoq muddat saqlanib qolişi yoki kelajakda salomatlik bilan boğliq muammolarga olib kelişi hozirça nomaʼlum.
Bu masalalarga oydinlik kiritiş uçun qöşimça va uzoq muddatli tadqiqotlar ötkaziş zarur.