Mazkur tadbir Özbekiston uçun tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan masalani körsatib berdi: xalqaro taʼlimni qanday qilib texnologik va iqtisodiy taraqqiyotning barqaror manbaiga aylantiriş mumkin?
Unda taʼkidlanişiça, özbekistonlik qizlar uçun beşta stipendiya — milliy taʼlim tizimi miqyosida olganda unçalik katta körsatkiç emas. Biroq «El-yurt umidi» jamğarmasi va Britiş Councilʼning mazkur qöşma taşabbusida mutaxassislarni tayyorlaş har ikki tomonlama moliyalaştiriliş közda tutilgan. Va bu modelning xalqaro taʼlim imkoniyatlari mamlakatning kadrlar borasidagi ustuvor vazifalari bilan uyğunlaştiriladi.
Uşbu hamkorlik istiqbollari jamğarmada Britiş Council boş ijroçi direktori Skott Makdonald bilan ötkazilgan uçraşuvda muhokama qilindi. Uning Özbekistonga ilk taşrifi taşkilotning respublikadagi faoliyatining 30 yilligiga töğri keldi. Britiş Council bu yerdagi faoliyatini 1996-yilda boşlagan bölib, ingliz tilini öqitiş, pedagoglar tayyorlaş, oliy öquv yurtlari örtasidagi va madaniy aloqalarni rivojlantirib keladi. Şu davr mobaynida bugungi kunda ilmiy va texnik kadrlar tayyorlaş masalalarini ham qamrab olgan mustahkam şeriklik poydevori şakllandi.
Avvalroq Samarqanddagi Global Talent Forumida imzolangan bitim buning amaliy qadami böldi. «Going Global Partnerşips — Sçolarşips for Women in STEM» dasturi doirasida özbekistonlik beş nafar qiz 2027–2028 öquv yilida Buyuk Britaniyada taʼlim oliş imkoniyatiga ega böladi. Moliyalaştirişning 40 foizini «El-yurt umidi jamğarmasi», 60 foizini esa Britiş Council taʼminlaydi.
Birgalikda moliyalaştiriş amaliyotini uzoq muddatli hamkorlikning asosi deb hisoblaş mumkin. Özbekiston öz taraqqiyoti uçun zarur bölgan mutaxassislarni tayyorlaşga sarmoya kiritib kelyapti, xalqaro hamkor esa mazkur investitsiyalarda iştirok etadi. Bunday modelning barqarorligi saralab oliş sifati, taʼlim mazmuni hamda bitiruvçi qizlarning olgan bilimlarini amalda qöllay oliş imkoniyatlariga boğliq böladi.
Taʼlim imkoniyatlarini kengaytiriş sanoatni rivojlantiriş, yangi texnologiyalarni joriy etiş va boşqaruv sifatini oşirişga qodir kadrlarni tayyorlaş vazifasi bilan hamnafas bormoqda. «El-yurt umidi»ning yangilangan ustuvor yönalişlarida iqtisodiyot va jamiyat uçun muhim ahamiyatga ega bölgan STEM, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi, tibbiyot hamda boşqa sohalar alohida örin egallaydi.
Uşbu vazifalar örtasidagi boğliqlik mutlaqo amaliy ahamiyatga ega. Qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş yangi quvvatlarni energotizimga integratsiya qila oladigan muhandislarni talab etadi. Suvni tejaş agronomiya, suğoriş texnologiyalari va maʼlumotlar tahlilini uyğunlaştira oladigan mutaxassislarga ehtiyoj sezadi. Raqamlaştiriş esa işonçli tizimlarni yaratiş va ularning xavfsizligini taʼminlaşga qodir professionallarni talab etadi. Xalqaro taʼlim aynan şunday vazifalarni Özbekistonning aniq şaroitlarida hal etişga kömaklaşni maqsad qilgan.
YUNESKO maʼlumotlariga köra, jahon böyiça STEM dasturlari bitiruvçilarining qariyb 35 foizini xotin-qizlar taşkil etadi va ular muhandislik hamda axborot texnologiyalari sohalarida hamon yetarliça vakillikka ega emas. Şu bois qizlarning ilğor taʼlim oliş imkoniyati bir paytning özida ham ijtimoiy, ham iqtisodiy ahamiyatga molik bölib, jamiyatning ilmiy va professional salohiyatidan yanada töliqroq foydalaniş imkonini beradi.
Jamğarma uçun bu örinda xorijiy taʼlim bilan milliy taraqqiyot örtasidagi boğlovçi institut sifatidagi mavqeini kuçaytiriş imkoniyati oçiladi. Bunday iş stipendiatlarni öqişga yuborişdan oldinoq tarmoqlarning real ehtiyojlarini anglaşni hamda ular bitirganidan keyin kasbiy şakllanişini kuzatib, hamrohlik qilişni nazarda tutadi.
«El-yurt umidi» jamğarmasi matbuot xizmati.