Bu böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-noyabrda qabul qilingan «Jazoni ijro etiş muassasalaridagi mahkuma ayollar farzandlarini maktabgaça taʼlim bilan qamrab oliş tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi PQ–395-son qarorida belgilandi.
Qarorga muvofiq, Markazlarning asosiy vazifasi bolalarga sifatli parvariş körsatiş, ularning soğlom ösişi va yoşiga mos rivojlanişini taʼminlaş, şuningdek, ona va bola örtasidagi yaqinlikni saqlaş uçun zarur şaroitlar yaratişdan iborat.
Qarorga köra, mahkuma ayollarga işdan böş vaqtlarida, jumladan, tungi paytda ham farzandlari bilan birga böliş imkoniyati beriladi.
Markazlar Taʼlim va ilm-fan vazirligi tizimida yuridik şaxs maqomida faoliyat yuritadi. Ularda keça-kunduz işlaydigan, beş nafargaça bolani qamrab oluvçi guruhlar taşkil etiladi.
Bolalar belgilangan meʼyorlar asosida oziq-ovqat, kiyim-keçak, poyabzal va yumşoq jihozlar bilan taʼminlanadi. Şuningdek, ular tibbiy körikdan ötkazilib, emlanadi. Taʼlim-tarbiya jarayoni tasdiqlangan bolalarni rivojlantiriş dasturi asosida taşkil etiladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ona va bola uçun yaratilgan şaroitlarni har çorakda monitoring qilib boradi. Zarur hollarda bolaga vasiylik belgilaş yoki uni muqobil joylaştiriş şakllaridan biriga joylaştiriş çoralari köriladi.
Şuningdek, markazlar xodimlariga maktabgaça taʼlim taşkilotlari uçun belgilangan şartlar asosida iş haqi tölanadi. Alohida mehnat şaroitlari uçun har oy 100 foiz miqdorida ustama haq belgilanadi.