Joriy yilning 1-noyabr kuni Qozoğistonning Oqtöbe viloyati Aytekebi tumanidagi Belkopa qişloği hududidan ötuvçi “Samara–Çimkent” avtomobil yölining 921-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan hamyurtimiz U. G. Xromtau tumani markaziy şifoxonasiga yotqizilib, unga tibbiy yordam körsatilgan.

Vatandoşimizning salomatlik holati va tibbiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, Özbekistonning Oqtov şahridagi Boş konsulxonasi tomonidan uni Vatanga qaytariş bilan boğliq zarur taşkiliy çoralar amalga oşirildi.

U 12-noyabr kuni konsulxona vakillari kömagida Oqtöbe şahridan tibbiy kuzatuv ostida Özbekistonga qaytarildi.