Şavkat Mirziyoyev Prezident bölgunga qadar mehnat migratsiyasi sohasi mamlakatimizda oçiq muhokama etiladigan, davlat siyosati darajasida tan olingan ijtimoiy muammo hisoblanmasdi va bu borada birorta jiddiy hujjat qabul qilinmagandi. Odamlar iş izlab xorijga ketayotgan, ularning soni ortib borayotgan bölsa-da, bu jarayonning kölami, xavf-xatari va insonlar taqdiriga taʼsiri haqida rasmiy maydonda gapirilmasdi. Davlat xorijda mehnat qilayotgan fuqarolari oldidagi burçini bajarmay, öz holiga taşlab qöygandi.

Turli mamlakatlarga yöl olgan odamlar nafaqat iş topiş, balki öz mehnati uçun haq olişda çuv tuşib qolmaslik va yölda firibgarlar qöliga tuşmay xavfsiz yetib boriş uçun ham kuraşişga majbur edi. Ne-ne insonlar yölda hayotdan köz yumdi, mayib-majruh böldi, topgan-tutganidan ayrildi. Oilasini boqiş uçun yölga çiqqan inson baʼzan uyiga qaytiş uçun mablağ topolmay qolgan hollar ham böldi.

Mayli, bular uzoq ölkalarda yuz bergan kulfatlar. Ammo öşa yillarda poytaxtga iş izlab kelgan ayrim yurtdoşlarimiz ham nafaqat iqtisodiy qi­yinçiliklar, balki huquqiy va ijtimoiy himoyasizlikka ham duç keldi. Ular uçun iş topişning özi yetarli emasdi: qayerda yaşaşi, hujjatlari va özi kimning qöliga tuşişi ham kundalik taşvişga aylangandi.

Tub buriliş

Qaçonki, davlat öz fuqarosini “propiska” yoki “pasport” orqali köra boşlasa, insonning qadri uning şaxsiyatidan emas, hujjatidan izlanadi. Holbuki, qoğoz odamning qadrini emas, kimligini tasdiqlaydi, xolos.

Prezidentimizning mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazgan yiğilişini körib, bu kunlar ortda qolganiga töla işonç hosil qildim. Ha, bugun öşa manzaralar tarixga aylandi. Ammo insonni muhr va ruxsatnoma orqali ajratib qöyişdan tuğiladigan jarohat bizga doimo bir haqiqatni — davlatning vazifasi fuqaroni röyxatga oliş bilan tugamasligini eslatib turişi kerak. Uning qadrini tan oliş, huquqini himoyalaş va öz yurtida özini begona his qilmasligi uçun şaroit yaratiş davlatning masʼuliyatidir.

Öşa paytlarda millionlab odamlar çegaradan ötar ekan, özi bilan faqat umidini olib ketar, orqada esa Vatani, jigarlari va qalbining bir bölagini qoldirardi. Ketiş masofa bilan ölçanar, ammo ayriliqni na masofa, na vaqt bilan ölçab bölardi.

Jamiyat ularga ikki xil köz bilan qarardi. Bir tomondan, migrant oilaning moliyaviy tirgagi, rözğorini tebratuvçi edi. Ikkinçi tomondan esa u davlat va jamiyat hal etişi kerak bölgan muammolarni eslatib turuvçi, ammo köpinça yoqimsiz statis­tikaga aylanib qolgan fuqaro edi.

Qişloqlar huvillab qolgan, köçalarda yoşlar siyraklaşgan. Bu manzarani sinfdoşim mana bunday çizganida içim muzlab ketgandi: “Oşna, qişloqqa borib keldim, töy-maʼrakada yoş yöq. Köça-köy böm-böş. Odamlar hatto tobut kötaradiganlar kamayib borayotganidan xavotirga tuşib qolgan...”. Bu gaplarda oddiy bir qişloq manzarasigina emas, butun bir davrning dardi mujassam edi.

Öşa paytlarda kimdir öz yurtida munosib iş topolmagani, mehnatiga yaraşa haq ololmagani, yana kimdir öz oldiga qöygan maqsadlariga u yerda tezroq erişiş mumkin deb öylagani uçun yölga çiqardi.

Baʼzilar qişloqqa qaytib, muhojiratda topgan puliga uy qurgan, maşina olgan, farzandlarini öqitgan yoki töy-­haşam qilgan tanişlariga qarab özlarida ham şunday imkoniyat bölişiga işonardi. Boşqalar esa öz yurtidagi sekin iqtisodiy ösişni kutişdan köra, qisqaroq vaqt içida köproq daromad topişni afzal bilardi. “Çet elda işlasam, tezroq oyoqqa turib olaman”, degan umid köplarni yölga boşlardi.

“Dangasalar!”. 2013-yili katta davrada yangragan bu söz mehnat muhojirlariga öşa paytda berilgan baho edi. Ular dangasa emas, öz hayotini yaxşilaşga, barqaror daromad topişga, farzandlariga yaxşiroq şaroit yaratişga orzumand insonlar edi. Ular uzoqdagi mehnati samarasi yaqinlarining hayotida namoyon bölişini xohlardi.

“Çet elda işlayotgan har bir yurtdoşimiz — oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uçun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz”, dedi yiğilişda Prezidentimiz.

Muammoni tan oliş — birinçi qadam

Odamlar vatandan yiroqda edi. Ular muşkul damlarda özini panohiga olişi kerak bölgan davlatning himoyasini sezmas, begona yurtdagi taşvişlarini kimga aytişni bilmay iztirob çekardi. Şunga qaramay, ularning köngillari qatida davlat adolatiga umid miltillardi. Işonç ham nonga öxşaydi: inson uning qadrini baʼzan yetişmaganda çuqurroq his etadi. Uzoqdagi farzandi yoki keksa ota-onasi uçun özlarini qölga olişga, qiyinçi­liklarga çidaşga harakat qilişardi.

Fuqarolik faqat pasportdagi yozuv emas. U inson va davlat örtasidagi işonç riştasidir. Bu rişta tinç kunlarda ham, oğir damlarda ham uzilmasligi kerak. Davlatning masʼuliyati ham aynan şu yerda namoyon böladi: insonning manzili özgarişi mumkin, ammo uning huquqi va qadr-qimmati özgarmasligi kerak.

Davlat rahbarining xalq oldidagi vazifasi mamlakatni boşqariş, iqtisodiy körsatkiçlarni yaxşilaş yoki xalqaro maydonda milliy manfaatlarni himoya qiliş bilangina çeklanmaydi. Uning zimmasida fuqarolar taqdiriga befarq bölmaslik, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş masʼuliyati ham bor. Ayniqsa, rizq izlab Vatanni tark etgan, begona yurtda mehnati bilan oilasini boqayotgan eldoşlar taqdiri bu masʼuliyatni yanada yaqqol namoyon etadi.

Mehnat muhojirligi şu maʼnoda davlat siyosati uçun öziga xos sinovdir. U mamlakatdagi iş örinlari, daromadlar va kasbiy imkoniyatlar bilan boğliq muammolarni ham namoyon etadi. Ayni paytda u davlatning öz fuqarolarini qay darajada qadrlaşi va ularning taqdiriga qançalik daxldor ekanini körsatadi.

Xorijdagi vatandoşning haqi berilmay qolsa, u aldansa, kasal bölsa yoki oğir vaziyatga tuşib qolsa, bu faqat uning şaxsiy muammosi bölib qolmasligi kerak. Uning ortida oilasi, farzandlari, kutuvçilari bor.

Xorijda uzoq yillar yaşaş insonning öz jamiyati bilan aloqalarini susaytiradi. Inson yillar davomida öz yurtidan uzoqda yaşab, uning har bir yangiligini kuzatadi, tilini, urf-odatlarini, qarindoş-uruğlarini soğinadi. Ammo özini bugungi hayotning tölaqonli iştirokçisi emasdek his eta boşlaydi.

Bunday insonni jamiyat bağriga qaytariş uni çegaradan ötkaziş yoki doimiy manziliga yetkaziş bilan hal böladigan vazifa emas. Uning tajribasini tan oliş, mehnatiga munosib şaroit yaratiş, farzandlari taʼlimi va oilasi farovonligi haqida qayğuriş ham kerak.

Yiğilişda şu haqda gap bordi. Xorijda muammoga duç kelgan vatandoşlarimiz endi yordam sörab “Onlayn mahalla” platformasida xabar qoldira oladi. Zarur hollarda elçining özi fuqaro oldiga borib, uning huquqini himoya qiladi va muammosiga yeçim topiş bilan şuğullanadi.

Hokimlar oldiga xorijda işlayotganlarning oilasi va ota-onasi farovon hayot keçirişi, farzandlari yaxşi taʼlim olişi uçun şaroit yaratiş vazifasi qöyildi. Davlatimiz rahbari har bir vatandoşimiz qayerda bölmasin, ortida uni qöllab-quvvatlaydigan Vatani borligini his qilib yaşaşi kerakligini taʼkidladi.

Mehnat muhojirligining iqtisodiy tomonini inkor etib bölmaydi. Xorijda işlayotgan vatandoşlar yuborgan mablağ köplab oilalarning kam-köstiga yaraydi, bolalar taʼlimiga, uy-joy qurilişiga, kundalik ehtiyojlariga sarflanadi. Bu mablağlar içki bozordagi savdo va xizmatlarga ham taʼsir körsatadi. Şu maʼnoda, migrant faqat öz oilasini boquvçi emas, balki mamlakat iqtisodiy hayotining ham iştirokçisidir.

Şuning uçun uning mehnati qadrlanişi şart. Yiğilişda Prezidentimiz bu haqda gapirib, “Ularning xorijdagi iş staji Vatanga qaytganidan keyin hisobga ötişi, ayniqsa, pensiya ta­yinlaşda bu albatta inobatga olinişi zarur”, dedi.

Migrantlar taqdiriga oid hujjatlar silsilasi, ularning huquqiy himoyasi va ijtimoiy kömagiga eʼtibor qaratilişi davlat bu muammoni kun tartibiga olib çiqqanini körsatadi. Biroq hujjatlar soni öz-özidan ğamxörlikning töliq mezoni böla olmaydi. Muhimi, ular inson hayotida qanday natija beryapti: huquqi buzilgan fuqaro himoya topyaptimi, qiyin ahvolga tuşgan inson yordam olyaptimi, xorijdan qaytgan kişi öz tajribasi va mehnati bilan yurtida munosib örin egallayaptimi?

Davlat siyosatidagi haqiqiy buriliş ham ana şu savollarga amaliy javob izlaşdan boşlanadi. Muammoni tan oliş — birinçi qadam. Uning kölamini anglaş, insonlarning ehtiyojlarini eşitiş va ularni hal qiliş mexanizmlarini yaratiş esa keyingi qadamlardir.

Fuqaro davlatdan himoya va adolat kutsa, davlat ham unga öz yurtida mehnati bilan qadr topiş, qobiliyatini namoyon etiş va kelajagini quriş imkonini berişi kerak. Ana şunda xorijga ketiş fojia yoki çorasizlikdan tuğilgan majburiyat emas, insonning ongli tanlovlaridan biri sifatida namoyon böladi.

Niyatdan amalga

Inson begona mamlakatga borib, mahalliy tilni bilmasa, mehnat qonunçiligidan xabardor bölmasa, iş beruvçining talablarini tuşunmasa, eng oddiy huquqlarini ham himoya qilişi qiyinlaşadi. Bir qaraşda oddiy tuyulgan bu tösiqlar baʼzan uning oylik maoşidan mahrum bölişigaça olib kelişi, soğliği va xavfsizligiga tahdid solişi mumkin. Demak, muhojirlikka tayyorgarlik çipta oliş yoki iş beruvçi topişdan ança oldin boşlanişi lozim.

Prezidentimizning 2018-yil 5-iyuldagi “Özbekiston Respublikasining taşqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori taşqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillaştirişga qaratildi. Unda fuqarolarni xorijga işga jönatiş tartiblari bilan bir qatorda, vositaçilar faoliyatini nazorat qiliş va xorijda mehnat qiliş bilan boğliq munosabatlarni huquqiy tartibga soliş masalalari qamrab olindi.

2019-yil 20-avgustdagi farmonda esa xorijda vaqtinça mehnat qilayotgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş masalasiga eʼtibor berildi. Bu yondaşuv xorijda işlayotgan insonning muammosi uning şaxsiy muammosi emasligi, manfaatlari faqat xorijga çiqişi yoki işga joylaşişi bilan çeklanmasligi, oilasi ehtiyojlari ham hisobga olinişi zarurligini körsatdi.

Çunki odam öz uyini, oilasini, taniş muhitini tark etayotganda, u bilan birga yaqinlarining xavotiri ham safarga otlanadi. Hujjatlar töğri rasmiylaştirilganmi, iş vaʼda qilinganidek çiqadimi, iş beruvçi kelişuvga rioya etadimi, muammo tuğilsa, kim yordam beradi? Bu savollarga javoblar insonni migratsiya siyosati markaziga olib çiqadi.

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 15-sentyabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida xorijda işlayotgan fuqarolar bilan uzluksiz muloqot örnatiş, muammolarini örganiş va hal etiş, yurtga qaytganidan keyingi bandligini taʼminlaş masalalari kötarildi. Şu tariqa migratsiyaga faqat xorijda iş topiş jarayoni emas, balki insonning tayyorgarligi, huquqiy himoyasi va keyingi mehnat faoliyatini ham qamrab oladigan tizim sifatida qaraladigan böldi.

Biroq qonuniy va xavfsiz migratsiyaning özi insonning barça muammolarini hal eta olmaydi. Agar uning kasbiy malakasi talabga javob bermasa, til bilimi yetarli bölmasa yoki xorijda işlaş bilan boğliq xarajatlarni qoplaşga qurbi yetmasa, mavjud imkoniyatlardan foydalaniş ham qiyinlaşadi. Şu tufayli keyingi bosqiçda huquqiy himoya bilan bir vaqtda migrantning tayyorgarligi va moddiy imkoniyatlarini kengaytiriş masalasi muhim ahamiyat kasb etdi.

Prezidentimizning 2022-yil 1-martdagi “Xorijda vaqtinça mehnat faoliya­tini amalga oşirayotgan Özbekiston Res­publikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida kasb-hunar va xorijiy tillarni örganiş, ayrim xarajatlarni qoplaş hamda ijtimoiy kömak beriş kabi yönalişlarga eʼtibor qaratilişi migratsiya siyosatining inson hayotiga daxldor jihatlarini kengaytirdi.

Mehnat migratsiyasiga tayyorgarlik faqat kasb örganiş yoki xorijdan iş topiş bilan tugamaydi. Yölga çiqişdan oldin til va malaka imtihonlarini topşiriş, işçi vizasini rasmiylaştiriş, yöl çiptasini xarid qiliş kerak. Bu xarajatlar esa xorijda işlaşga umid boğlagan, ammo mablaği kam inson uçun jiddiy tösiq bölişi mumkin. Şu bois, “Xorijda iş” dasturi doirasida belgilangan şartlar asosida malaka va til imtihonlari xarajatlarini BHMning uç baravarigaça, işçi vizasini rasmiylaştirişni beş baravarigaça, yöl çiptasini esa ikki baravarigaça qoplaş mexanizmi joriy etildi. Bundan taşqari, tegişli mezonlarga muvofiq keladigan, 18 yoşga tölgan va 50 yoşdan oşmagan fuqarolarga ikki yil muddatga, yillik 18 foiz stavkada 10 million sömgaça mikrokredit oliş imkoniyati berildi.

Davlat kömagining muhim yönalişlaridan biri xorijda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarga moddiy va ijtimoiy yordam körsatişdir. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda taşkillaştirilgan tartibda işga joylaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida örnatilgan tartiblar asosida tibbiy xarajatlarni qoplaş, vaqtinça turar joy haqini tölaş, Vatanga qaytiş xarajatlariga yordam beriş va bir martalik moddiy kömak körsatiş kabi çoralar nazarda tutildi. Yordamning turi, miqdori va şartlari tegişli tartib hamda muayyan vaziyatga qarab aniqlanadi.

Bunday kömakning ahamiyati faqat mab­lağ ajratilişi bilan emas, uning inson muammosini hal etişga qançalik yordam berişi bilan baholanadi. Xorijda tibbiy yordamga muhtoj bölgan, vaqtinça boşpanasiz qolgan yoki yurtiga qaytiş uçun mablağ topa olmagan fuqaro uçun öz vaqtida körsatilgan yordam oğir vaziyatdan çiqiş imkonini beradi. Şuningdek, mig­rantning ortida qolgan oilasi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar, nogironligi bölgan oila aʼzolari va taʼlim olayotgan bolalar ehtiyojlari ham ­eʼtibordan çetda qolmasligi kerak.

Millat taqdirini öylaş masʼuliyatini zimmasiga olgan rahbar uçun mehnat mig­ratsiyasi ham milliy ğurur, ham ijtimoiy adolat masalasidir. Xorijda mehnat qilayotgan fuqaroning huquqlari poymol etilganda, u kamsitişga duç kelganda yoki oğir vaziyatga tuşib yordamga muhtoj bölganda özini yolğiz his qilmasligi kerak.

Taşqi mehnat migratsiyasiga yondaşuv birgina qaror yoki farmon bilan özgarmaydi. Bu jarayon yillar davomida qabul qilingan hujjatlar, qöyilgan vazifalar va şakllangan mexanizmlar orqali bosqiçma-bosqiç rivojlandi.

Poytaxtimizning Uçtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga öqitiş markazi şunday bosqiçma-bosqiç amalga oşirilayotgan işlardan biri. Qariyb 3,5 gektar maydonda joylaşgan majmuada 600 örinli öquv xonalari, 180 örinli amaliy maşğulot xonalari, 120 örinli imtihon markazi va 400 örinli yotoqxona mavjud. Öquv-amaliy maşğulotlar uçun jihozlar Germaniya, Xitoy va Rossiyadan olib kelingan.

Markazda nemis, ingliz, yapon, koreys, çex, polyak, italyan va slovak tillari bö­yiça tayyorgarlik yölga qöyilgan. Til öqitiş dasturlari 6 oydan 10 oygaça davom etadi.

Xorijiy iş beruvçilar ehtiyojlariga qarab taʼlim mazmuni yangilanib, töldirib boriladi. Bu yerda fuqaroning dastlabki murojaatidan tortib, hujjatlarini rasmiylaştiriş, til va kasb örganiş, malakasini tasdiqlaş hamda xorijga işga jönab ketişigaça bölgan bosqiçlar qamrab olingan.

Sönggi yillarda mamlakatimizda tartibli mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan özgardi. Ilgari bu yönalişda 3 ta davlat bilan işlangan bölsa, hozir ular soni 27 taga yetdi. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijlik iş beruvçilar qariyb 400 taga köpaydi.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi maʼlumotlariga köra, 2025-yil davomida uç mingdan ortiq fuqaroning murojaati körib çiqilib, çet ellik iş beruvçilardan hamyurtlarimiz foydasiga 1,9 million dollar miqdorida iş haqi va kompensatsiyalar undirib berilgan. Şuningdek, agentlik kömagida 406 fuqaroning iş beruvçilar va vositaçilar olib qöygan şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari qaytarib olingan. Bu raqamlar zamirida quruq hisobotda aks etmaydigan inson taqdirlari mujassam.

Davlatning vazifasi migratsiyani taqiqlaş emas, uni inson uçun xavfsizroq va tanlovga asoslangan jarayonga aylantirişdir. Davlatning qudrati esa armiyasi yoki byudjeti bilangina emas, fuqarosining qadr-qimmatini asray oliş qobiliyati bilan ham ölçanadi.

Global jarayon, ulkan masʼuliyat

Mehnat migratsiyasi bugun jahon iqtisodiyotining muhim qismiga, mehnat bozorlari, demografik özgarişlar va inson intilişlarini özaro boğlab turgan global jarayonga aylandi. Odamlar qayerda iş borligi, qaysi mamlakatda malakasiga talab yuqoriligi, qayerda munosib daromad va kasbiy ösiş imkoniyati mavjudligiga qarab harakatlanmoqda.

Bugun dunyoda faqat işçilar emas, bilim va intellektual salohiyat ham mamlakatlar örtasida harakatlanmoqda. Bu jarayon, bir tomondan, insonga kasbiy ösiş, tajriba orttiriş va ilğor texnologiyalarni özlaştiriş imkonini beradi. Ikkinçi tomondan esa mutaxassislarning uzoq muddatga ketişi ularni tayyorlagan mamlakat uçun malakali kadrlar tanqisligini keltirib çiqarişi mumkin. Şuning uçun zamonaviy migratsiyani faqat “kadrlar ketişi” sifatida emas, balki bilim va tajribaning xalqaro aylanişi nuqtai nazaridan ham baholaş zarur.

Migratsiya samarali boşqarilsa, u barqaror rivojlanişning qudratli drayveriga aylanadi. Bugun dunyoda demografik tafovutlar çuqurlaşmoqda: ayrim mamlakatlarda aholi va yoşlar qatlami ösib borayotgan bölsa, boşqalari aholining qarişi va işçi kuçi taqçilligiga duç kelmoqda. Migratsiya ana şu ehtiyoj va imkoniyatlarni bir-biriga boğlaydi.

Global mehnat bozorida raqobat kuçaygan şaroitda malakali kadrlar tayyorlaş, kasbiy salohiyatini oşiriş, huquq va ijtimoiy manfaatlarini himoya qiliş davlat siyosatining muhim vazifalariga aylanmoqda.

Migratsiyaning global iqtisodiyotdagi örnini pul ötkazmalari ham yaqqol körsatadi. Jahon banki maʼlumotlariga köra, 2025-yilda dunyo böyiça xalqaro şaxsiy pul ötkazmalari hajmi 804 milliard dollardan oşdi. Bu körsatkiç mehnat migratsiyasining nafaqat millionlab oilalar daromadi, balki jahon iqtisodiyotidagi muhim moliyaviy oqimlardan biriga aylanganini körsatadi.

Özbekistonda ham taşqi mehnat mig­ratsiyasi mamlakat iqtisodiyoti va köplab oilalar hayotiga bevosita taʼsir körsatmoqda. Markaziy bank maʼlumotlariga köra, 2026-yilning birinçi yarmida mamlakatga kelib tuşgan xalqaro pul ötkazmalari hajmi 9,3 milliard dollarni taşkil etgan. Bu ötgan yilning şu davridagiga nisbatan 13 foiz köpdir. Pul haj­mi oşişi barobarida pul ötkazmalari geografiyasi kengayib bormoqda.

Bu raqamlar migratsiyaning iqtisodiy ahamiyatini tasdiqlaydi, ammo uning ijtimoiy mazmunini töliq oçib bermaydi. Çunki pul ötkazmasi — natijaning bir qismi, xolos. Uning ortida xorijda işlayotgan insonning mehnati, oilasi oldidagi masʼuliyati va kelajakka boğlagan umidlari mujassam. Şu bois, migratsiya siyosatida mablağlar oqimini hisoblaş bilan bir qatorda insonning mehnat şaroiti, huquqiy himoyasi, kasbiy ösişi va oilasining farovonligini ham nazarda tutiş zarur.

Yiğilişda taʼkidlanişiça, yil boşidan buyon 1 million 116 ming kişi mig­ratsiyadan qaytgan. Ular sanoat, logistika, quriliş va boşqa sohalarda öziga xos tajribaga ega. Xorijda yirik sanoat korxonalarida işlab, zamonaviy texnologiya va mehnat madaniyatini özlaştirgan bu kabi mutaxassislarni mamlakatimiz korxonalariga jalb etiş lozim. Bu ular uçun katta imkoniyat.

Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va mehnat migratsiyasi sohasidagi masʼul tuzilmalari fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, qiyin vaziyatlarda amaliy yordam körsatiş, mahalliy idoralar bilan muloqot örnatişda muhim vazifani bajaradi.

Taraqqiyotning haqiqiy mezoni qança insonning yurtni tark etgani yoki qança mablağ yuborgani bilangina belgilanmaydi. U inson öz bilimi, mehnati va intilişi bilan qayerda bölmasin munosib hayot quriş imkoniga ega ekani, öz yurtiga qayt­sa, orttirgan salohiyatini röyobga çiqara olişi bilan ham ölçanadi. Migratsiya inson uçun yagona yölga emas, tanlaş mumkin bölgan imkoniyatlardan biriga aylanganida, uning foydasi ham şaxs, ham oila, ham jamiyat uçun yanada töliq namoyon böladi.

Asqar HAYDAROV,

Jurnalist