Hodisa Iştixon tumanidagi «Kötarma» mahallasi hududidan oqib ötuvçi Oqdaryo özanida sodir böldi. Reyd davomida ekskavator yordamida daryo özanidan qum-şağal aralaşmasi noqonuniy qazib olinib, yuk avtomobiliga ortilayotgani aniqlandi. Nazorat xodimlari qoidabuzarlikni töxtatdi.

Biroq yuk maşinasi haydovçisi qonuniy talabga böysunmasdan, xodimlarga keskin qarşilik körsatdi. U yuk maşinasidagi qum-şağalni tökib yubordi va ekskavator haydovçisining hodisa joyidan qoçişiga imkon yaratdi.

Bundan taşqari, haydovçi yuk avtomobili bilan ekologik nazorat xodimlaridan birining maşinasiga zarar yetkazdi. Qömita maʼlumotiga köra, uning harakatlari xodimlar hayotiga ham xavf tuğdirgan.

Holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda. Töplangan materiallar huquqiy baho beriş va tegişli çoralar köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilmoqda.

Ekologiya qömitasi tabiiy resurslardan noqonuniy foydalaniş, daryo özanlariga zarar yetkaziş va nazorat tadbirlariga tösqinlik qiliş holatlariga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar körilişini maʼlum qildi.