Uşbu kunda fuqarolar, ayniqsa, davlat fuqarolik xizmatçilaridan şaxsiy va xizmat avtomobillaridan foydalanmaslik, jamoat transporti hamda ekologik toza harakatlaniş vositalarini tanlaş söralmoqda.

Maʼlum qilinişiça, aksiya Prezidentning 2026-yil 25-martdagi «Atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni asosida har oyning 10 va 25-sanalarida ötkazib kelinmoqda.

Taşabbusning asosiy maqsadi avtotransport vositalaridan atmosferaga çiqariladigan zararli taşlamalarni kamaytiriş, ekologik muhitni yaxşilaş va jamoat transportidan foydalaniş madaniyatini keng tarğib qilişdan iborat.

Aksiyalar doirasida Ekologiya milliy qömitasi va uning hududiy boşqarmalari xodimlari ham xizmat va şaxsiy avtomobillaridan voz keçib, jamoat transporti, velosiped va boşqa ekologik toza harakatlaniş vositalaridan foydalanmoqda.

Qömita maʼlumotiga köra, «Avtomobilsiz kun» va «Avtomobilsiz hafta» aksiyalari davlat fuqarolik xizmatçilari uçun majburiy bölib, ularning bu kunlarda avtotransport vositalaridan foydalanişi javobgarlikka sabab böladi.

Ekologiya milliy qömitasi davlat va nodavlat taşkilotlari, şuningdek, barça fuqarolarni aksiyada faol iştirok etişga, elektromobillar, jamoat transporti va boşqa ekologik toza harakatlaniş vositalaridan köproq foydalanişga çaqirdi.