Taqdimot Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) hamkorligida amalga oşirilayotgan «FOLUR — Özbekiston» loyihasi misolida ötkazildi. Unda suv resurslarini asraş, sunʼiy muzliklar barpo etiş va degradatsiyaga uçragan landşaftlarni tiklaş böyiça amaliy yondaşuvlar namoyiş etildi. Ayniqsa, «Ice Stupa» texnologiyasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Qayd etilişiça, iqlim özgarişi, haroratning kötarilişi, muzliklarning erişi va yoğingarçilik rejimi özgarişi Markaziy Osiyoda, jumladan, Özbekistonda suv resurslarini asraş masalasini yanada dolzarblaştirmoqda.
Prognozlarga köra, 2050-yilga borib suv bilan taʼminlanganlik darajasi 30–40 foizga kamayişi, suğoriş suviga bölgan talab esa 25 foizga oşişi mumkin. Suv tanqisligi hajmi 2015-yildagi qariyb 3 milliard kub metrdan 2030-yilda 7 milliard kub metrga, 2050-yilga borib esa 15 milliard kub metrgaça yetişi ehtimoli bor.
Ekologiya qömitasi va FAO hamkorligida mamlakatimizda ilk bor «Ice Stupa» sunʼiy muzlik texnologiyasi joriy etildi. Taşabbus Global ekologik jamğarma (GEF) tomonidan moliyalaştirilayotgan «Özbekistonda oziq-ovqat tizimlari, yerdan foydalaniş va tiklaş taʼsiri dasturi» (FOLUR) doirasida amalga oşirilmoqda.
Loyiha doirasida Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumani Sarçaşma hududida mamlakatdagi ilk sunʼiy muzlik tajriba tariqasida barpo etilgan. 2026-yil 9-yanvarda işga tuşirilgan mazkur tizim tabiiy balandlik farqi va suv bosimidan foydalanadi hamda elektr nasoslarisiz işlaydi.
Dastlabki tajriba davomida taxminan 800 kub metr muz zaxirasi şakllantirilgan. Muzlikning erişi natijasida hosil bölgan suvdan mahalliy aholining qariyb 60 ta xonadon foydalangan.
Uşbu texnologiya qiş mavsumida mavjud suv manbalaridan foydalanib, suvni maxsus quvurlar orqali yuqoriga purkaş va sovuq havo taʼsirida muz şaklida töplaş tamoyiliga asoslangan. Natijada ulkan muz inşooti hosil böladi.
Töplangan muz bahor va yoz oylarida, suvga ehtiyoj ortadigan davrda erib, qöşimça suv manbaini şakllantiradi.
Mazkur texnologiya qiş mavsumida suvni muz şaklida zaxiralaş, qurğoqçil toğli hududlarda suv taʼminotini yaxşilaş, qişloq xöjaligi va mahalliy aholi ehtiyojlari uçun qöşimça suv manbaini yaratiş imkonini beradi.
Şuningdek, u iqlim özgarişi va qurğoqçilik oqibatlariga moslaşiş, mahalliy hamjamiyatlarning barqarorligini mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.