Dastlabki maʼlumotlarga köra, voqea joriy yilning 11-noyabr kuni sodir bölgan. Markazning xöjalik bekasi M.A. ertalab soat 07:20 da işga kelib, yölak devorlarida oyoq izlarini körgan. Şundan söng uşbu holatga sababçi bölgan bolalar devorlarni tozalaş işlariga jalb qilingan.

Maʼlum qilinişiça, Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi joriy yil mart oyidan öz faoliyatini boşlagan. Muassasa 18 yoşgaça bölgan bemorlarga asab tizimi, ortopediya, nafas yöllari hamda oşqozon-içak kasalliklari böyiça reabilitatsiya xizmatlarini körsatişga ixtisoslaşgan.

Markazning içki tartibiga muvofiq, bemor bolalar uçun har kuni ertalab yuvintiriş, tana haroratini ölçaş va boşqa zarur tibbiy muolajalar ötkaziladi.

Bolalar ombudsmani maʼlumotiga köra, mazkur holat nazoratga olingan. Ombudsmanning Toşkent viloyatidagi mintaqaviy vakili joyiga çiqqan holda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan-buzilmaganini örganmoqda.

Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tuzilgan işçi guruh voqeaning barça tafsilotlari va bunga yöl qöygan masʼul xodimlarning xatti-harakatlarini tekşirmoqda.

Vazirlik maʼlum qilişiça, örganiş natijalariga köra, uşbu holatga yöl qöygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda tegişli çoralar köriladi.

Bolalar ombudsmani ham holat yuzasidan kuzatuvni davom ettirişi va qöşimça maʼlumot taqdim etişi bildirilgan.