Bu haqda Respublika ixtisoslaştirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Markazning Navoiy viloyati filialida taşkil etilgan mazkur iş örinlari bemorlarning mehnat könikmalarini şakllantiriş, ijtimoiy faolligini oşiriş va jamiyatga qayta moslaşişiga kömaklaşişga qaratilgan.

Mutaxassislar taʼkidlaşiça, mehnat terapiyasi davolaş va reabilitatsiya jarayonining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bemorlarni mehnat faoliyatiga jalb etiş orqali ularda masʼuliyat hissi, öz kuçiga işonç va mustaqil hayotga intilişni rivojlantiriş közda tutilgan.

Şuningdek, bu jarayon kundalik hayotga moslaşiş, ijtimoiy faollikni tiklaş hamda kelgusida jamiyatga qaytib, mehnat faoliyatini davom ettiriş uçun zarur könikmalarni şakllantirişga xizmat qiladi.

Mazkur işlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmonida belgilangan vazifalar doirasida amalga oşirilmoqda.