2-noyabr kuni Toşkent City hududidagi amfiteatrda Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, “Yangi Özbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari boş muharriri Salim Doniyorov iştirokida mahorat darsi bölib ötdi.
Oçiq osmon ostida, öziga xos samimiy va erkin muloqot muhitida ötkazilgan tadbir talaba-yoşlar uçun tajribali jurnalist bilan yuzma-yuz suhbatlaşiş, kasb sirlarini örganiş hamda özlarini qiziqtirgan savollarga javob oliş imkoniyatini yaratdi.
Tadbir davomida Salim Doniyorov özining köp yillik kasbiy faoliyati va jurnalistik tajribasidan kelib çiqib, zamonaviy jurnalistikaning muhim jihatlari, axborot tayyorlaş jarayoni, mavzu tanlaş, voqea-hodisalarni xolis va haqqoniy yoritiş, söz oldidagi mas'uliyat kabi masalalarga alohida töxtaldi.
Jurnalist faoliyatida bilim va mahorat bilan bir qatorda, kasbiy mas'uliyat, halollik, prinsipiallik hamda auditoriya işonçini qozoniş muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidlandi. Şu ningdek, bugungi axborot makonida tezkorlik bilan birga, ma'lumotlarning işonçliligini tekşiriş, har bir sözning ta'siri va oqibatini anglaş jurnalist uçun eng muhim talablardan biri ekanini qayd etdi.
Tadbir davomida bölajak jurnalistlar tomonidan bildirilgan savollarga batafsil javoblar berilib, ularning kasbiy faoliyatga oid fikr va mulohazalari tinglandi. Salim Doniyorov yoşlar bilan öz tajribasini örtoqlaşar ekan, jurnalistikada muvaffaqiyatga erişiş, öz uslubini şakllantiriş, doimiy izlaniş va kasbiy rivojlaniş borasida ham qimmatli tavsiyalarini berdi.
Samimiy muloqot va tajriba almaşinuvi ruhida keçgan mahorat maktabi talaba-yoşlarning jurnalistika kasbiga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, ularning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitiş hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga yöl-öriq körsatişga xizmat qiladi.
Foto: Hakim Yöldoşev