Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga muvofiq, mazkur tartib 2026-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 31-martga qadar amal qiladi.
Unga köra, mavjud tabiiy gaz resurslarini oqilona taqsimlaş, birinçi navbatda, aholi xonadonlari, maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy soha obyektlarini gaz bilan barqaror taʼminlaş ustuvor vazifa etib belgilangan.
Bu borada Energetika vazirligi, tegişli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar hamda gaz taʼminoti taşkilotlarining aniq vazifalari belgilab berildi.
Xususan, Energetika vazirligi «Öztransgaz» AJ, «Hududgaztaʼminot» AJ va boşqa masʼul taşkilotlar bilan birgalikda mavjud gaz resurslari hamda ob-havo şaroitidan kelib çiqib, tabiiy gaz yetkazib berişning ön kunlik va kunlik jadvallarini işlab çiqadi. Uşbu jadvallar har oyning 25-sanasiga qadar kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş böyiça Respublika komissiyasiga tasdiqlaş uçun kiritiladi.
Şuningdek, magistral gaz quvurlarida bosim pasayişi yoki gaz resurslari hajmida kutilmagan özgarişlar yuz bergan taqdirda, gaz taqsimotini tezkor qayta körib çiqiş çoralari köriladi. Bunda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlaş ustuvorligi saqlab qolinadi.
Kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş böyiça Respublika komissiyasi har oyning oxirgi kuniga qadar keyingi oy uçun hududlar va yirik ulgurji isteʼmolçilar kesimida tabiiy gaz yetkazib beriş jadvallarini tasdiqlaydi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari «Hududgaztaʼminot» AJning hududiy filiallari bilan birgalikda tasdiqlangan jadvallar asosida tuman va şaharlar kesimida gaz taqsimotini taşkil etadi. Bunda ham aholi va ijtimoiy soha obyektlari taʼminotiga birinçi navbatda eʼtibor qaratiladi.
Havo harorati keskin pasaygan davrda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlaş maqsadida boşqa toifadagi isteʼmolçilarga belgilangan tartibda vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkin.