Bu haqda Oliy sud maʼlumot berdi.

Hisobot davrida 385 nafar şaxs, jumladan, 161 nafar qatağon qurboni oqlanib, reabilitatsiya qilindi.

Jinoyat işlarining asosiy qismi Toşkent şahri, Farğona, Toşkent, Samarqand va Andijon viloyatlari hissasiga töğri kelgan.

Körib çiqilgan işlar natijasida 57 376 nafar şaxs sudlangan. Ularning 18 026 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş, 38 737 nafariga boşqa turdagi jazolar tayinlangan, 613 nafari şartli hukm qilingan.

Sudlanganlarning 50 435 nafari erkak, 6 941 nafari ayollardir. Şuningdek, ularning 21 670 nafari yoşlar, jumladan, 2 097 nafari voyaga yetmaganlar, 2 052 nafari esa 60 yoşdan oşgan şaxslar hisoblanadi.

Şu bilan birga, 6 377 nafar şaxs ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangani munosabati bilan sud zalidan qamoqdan ozod qilindi. Dastlabki tergov organlari tomonidan 13 938 nafar şaxsga nisbatan asossiz qöyilgan ayblov moddalari çiqarib taşlandi yoki qayta malakalandi.

47 nafar şaxsga, jumladan, yoşlar va ayollarga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.

Bundan taşqari, 26 794 nafar şaxs jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 8 761 nafar şaxsning jazosi yengilroq jazo bilan almaştirildi.

Firibgarlik va öğrilik bilan boğliq işlar köpçilikni taşkil etgan

Hisobot davrida sudlarda körilgan jinoyat işlarining aksariyati quyidagi jinoyatlarga töğri kelgan:

  • firibgarlik;
  • öğrilik;
  • transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş;
  • giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan boğliq jinoyatlar;
  • qasddan badanga yengil va örtaça oğir şikast yetkaziş;
  • özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş;
  • bezorilik;
  • hujjatlar, ştamplar, muhrlar va blankalarni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş.

Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlarni bartaraf etiş yuzasidan 34 325 ta xususiy ajrim çiqarilib, tegişli taşkilotlarga yuborilgan. Yaraşuv instituti qöllanilişi natijasida esa 18 844 nafar şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Apellyatsiya va kassatsiya tartibidagi işlar

2026-yilning 9 oyida apellyatsiya tartibida 8 659 nafar şaxsga nisbatan 6 509 ta jinoyat işi körib çiqildi. Natijada 314 nafar şaxsga nisbatan birinçi instansiya sudlari çiqargan qarorlar bekor qilindi, 1 830 nafar şaxsga nisbatan sud qarorlari özgartirildi.

Kassatsiya tartibida 5 060 nafar şaxsga nisbatan 4 504 ta jinoyat işi körib çiqilib, 354 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan qarorlar bekor qilindi, 1 188 nafar şaxsga nisbatan sud qarorlari özgartirildi.

Taftiriş tartibida esa 4 576 nafar şaxsga nisbatan 3 931 ta jinoyat işi körib çiqildi. Uşbu tartibda 114 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari bekor qilinib, 492 nafar şaxsga nisbatan qarorlar özgartirildi.

Şuningdek, Oliy sudning Jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati tomonidan taftiş tartibida 646 nafar şaxsga nisbatan 567 ta jinoyat işi körib çiqildi. Natijada 95 nafar şaxsga nisbatan quyi sudlar çiqargan qarorlar bekor qilindi, 188 nafar şaxsga nisbatan sud qarorlari özgartirildi.