Turli hududlarda odamlarning is gazidan zaharlaniş holatlari kuzatilayotgani buning isboti. Demak, bu insonlar salomatligi, hatto hayoti bilan boğliq masala.

Maʼlumotlarga köra, is gazidan zaharlaniş holatlarining aksariyatiga isitiş qozonlari hamda gaz taʼminoti tarmoğiga notöğri ulaniş, xonadonlardagi peç, gaz uskunalari va dudburonlarni öz vaqtida tozalamaslik kabi kamçiliklar sabab bölmoqda. Yaqinda Qöqonda sodir bölgan ­şunday holatlarning birida xonadonga xorijda işlab çiqarilgan ikki konturli isitiş qozoni örnatilgani, uning dudburoni joyidan çiqib ketgani aniqlangan. Mutasaddilarning maʼlum qilişiça, uşbu rusumdagi ayrim qozonlar avval işlatilgan va utilizatsiyaga topşirilgan bölişiga ­qaramay, ehtiyot qismlar sifatida Özbekistonga noqonuniy olib kirilgan. Keyin qölbola usulda qayta jihozlanib, yangi uskuna sifatida sotilgan.

Gap isitiş uskunalaridan foydalanişda ularning sifati, sozligi, yaroqliligiga hamon yetarliça eʼtibor qaratilmayotganida. Qolaversa, ulardan foydalaniş davomida ham muntazam tekşirib turiş zarurligini köpinça unutib qöyamiz. Ammo gap faqat ehtiyotkorlik çoralaridami? “Hududgaztaʼminot” AJ boşqaruvi raisi örinbosari Tohirjon Turdiyev bilan şu mavzuda suhbatlaşdik.

— Ayting-çi, bugun is gazidan zaharlaniş holatlarining asosiy sabab va omillari nimalardan iborat?

— Kuz-qiş mavsumi yaqinlaşgani sari aholi xonadonlarida tabiiy gazdan foydalaniş hajmi ortadi. Isitiş qozonlari, gaz kolonkalari, plitalar va boşqa gaz uskunalaridan foydalaniş jadallaşadi. Aynan şu davrda gaz jihozlaridan notöğri foydalaniş, ularning texnik holatiga eʼtiborsizlik, möri va şamollatiş tizimlarining talab darajasida işlamasligi oqibatida inson hayoti va salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdiruvçi holatlar yuzaga kelişi mumkin.

Ayniqsa, tabiiy gazdan foydalaniş qoidalariga rioya etmaslik, uskunalarni özboşimçalik bilan örnatiş, xavfsizlik talablarini mensimaslik va oddiy ehtiyot çoralariga beparvo qaraş amaliyotda köplab baxtsiz hodisalarga sabab bölmoqda. Bunday holatlar orasida eng xavflilaridan biri is gazidan zaharlanişdir.

Köpçilik is gazidan zaharlaniş holatlarida “Nahotki, oila aʼzolarining birortasi gaz hidini sezmabdi?” deb savol beradi. Gap şundaki, is gazi, yaʼni uglerod oksidi (CO) rangsiz, hidsiz va taʼmsiz zaharli gaz bölib, inson uni sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. U tabiiy gazning özi emas, balki gaz, kömir, ötin va boşqa yoqilğilarning töliq yonmasligi natijasida hosil böladi. Şu sababli is gazi paydo bölganini xonadagi oddiy gaz hidi orqali bilib bölmaydi. Tabiiy gaz tarkibiga sizib çiqişni seziş uçun maxsus hid beruvçi moddalar qöşiladi. Is gazi tarkibida bunday hid mavjud emas. Bu esa uning xavfini yanada oşiradi.

Is gazining hosil bölişiga, birinçi navbatda, yoniş jarayoni uçun havo va kislorod yetişmasligi sabab böladi. Masalan, gaz plitasi yoki isitiş qozoni havo almaşinuvi yetarli bölmagan xonada işlatilsa, yoqilği töliq yonmasligi mumkin. Natijada ajralib çiqayotgan is gazi xonada töplanib, inson salomatligiga xavf tuğdiradi. Bunga mörining havo tortişi yomonlaşuvi, çiqiş yölining berkilib qolişi, ventilyatsiya kanallarining tösib qöyilişi, gaz gorelkalarining ifloslanişi yoki nosozligi ham sabab böladi.

Ayniqsa, qiş mavsumida xonadonlarni isitiş maqsadida gaz plitalaridan foydalaniş kabi notöğri odatlar jiddiy xavf tuğdiradi. Ayrim isteʼmolçilar xona haroratini saqlaş uçun deraza hamda havo kiriş tuynuklarini mahkam yopib, gaz plitasining barça komforkasini uzoq vaqt yoqib qöyadi. Bunday şaroitda yoniş uçun zarur havo miqdori kamayadi, gazning töliq yonmasligi natijasida is gazi hosil bölişi ehtimoli ortadi. Vaholanki, gaz plitasi ovqat tayyorlaş uçun möljallangan bölib, undan xonani isitişda foydalaniş xavfsizlik talablariga mutlaqo töğri kelmaydi.

Keng tarqalgan xatolardan yana biri gaz uskunalariga özboşimçalik bilan özgartiriş kiritişdir. Masalan, isitiş qozoni yoki gaz kolonkasini boşqa joyga köçiriş, ularni loyihada közda tutilmagan tarzda ulaş, gaz quvurlarini mustaqil ravişda uzaytiriş, qölbola moslamalardan foydalaniş, xavfsizlik avtomatikasini öçirib qöyiş kabi harakatlar oqibatida gaz sizib çiqişi yoki yoniş jarayoni buzilişi mumkin. Baʼzan isteʼmolçilar gaz bosimi yetarli emasligini bahona qilib, uskunaning içki tuzilişiga aralaşadi yoki uning işlaş tartibini özgartiradi. Bu nafaqat uskunaning işdan çiqişiga, balki is gazi hosil bölişi va yonğin xavfining ortişiga ham olib keladi.

Gaz uskunalarining möri va şamollatiş tizimi bilan boğliq muammolar ham alohida eʼtibor talab qiladi. Isitiş qozoni yoki gaz kolonkasi işlaganda hosil böladigan yonuv mahsulotlari maxsus möri orqali taşqariga çiqarilişi kerak. Agar möri notöğri örnatilgan, ifloslangan, yoriq paydo bölgan yoki çiqiş yöli berkilib qolgan bölsa, yonuv mahsulotlari xona içiga qaytişi mumkin. Bu esa is gazidan zaharlanişning asosiy sabablaridan biridir. Ayrim xonadonlarda taʼmirlaş işlari vaqtida şamollatiş kanallarining yopib yuborilişi, oşxona yoki hammomdagi havo almaşinuvi yöllarining tösib qöyilişi ham xavfli holatlarni keltirib çiqaradi. Şuning uçun xonadondagi ventilyatsiya va möri tizimlari doimo soz bölişi şart.

Is gazi inson organizmiga nafas yöllari orqali kirib, qondagi gemoglobin bilan birikib oladi. Natijada gemoglobinning kislorodni töqima va aʼzolarga yetkazib beriş qobiliyati pasayadi. Organizmda kislorod yetişmovçiligi yuzaga keladi. Dastlab boş oğriği, boş aylanişi, holsizlik, köngil aynişi, qayt qiliş, nafas qisişi, yurak urişining tezlaşişi kabi belgilar kuzatilişi mumkin. Zaharlaniş kuçaygani sari insonning fikrlaş qobiliyati buziladi, harakatlari sekinlaşadi, huşini yöqotişi, oğir holatlarda esa hayotdan köz yumişi mumkin.

Eng açinarlisi, is gazidan zaharlaniş köpinça inson uxlayotgan yoki dam olayotgan vaqtda sodir böladi. Zaharli gazni seziş imkoni bölmagani sababli kişi xavfni öz vaqtida anglamasligi mumkin. Ayrim hollarda bir xonadonda bir neça kişi, jumladan, yoş bolalar va keksalar ham jabrlanadi. Oğir zaharlanişdan keyin ham insonda asab tizimi, xotira va diqqatni jamlaş bilan boğliq uzoq muddatli asoratlar qolişi ehtimoli bor. Demak, is gazidan zaharlaniş şunçaki vaqtinçalik noxuşlik emas, balki inson hayotiga bevosita tahdid soluvçi holatdir.

Gaz uskunalaridan notöğri foydalanişning yana bir jiddiy oqibati — gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi. Bu holat tabiiy gaz yoki suyultirilgan gaz sizib çiqib xonadagi havo bilan yonuvçan aralaşma hosil qilganda va unga uçqun yoki oçiq olov taʼsir etganda sodir böladi. Gazning sizib çiqişiga esa nosoz şlanglar, eskirgan birikmalar, berkituvçi kranlarning işdan çiqişi, gaz jihozlarining notöğri ulanişi yoki ularni nazoratsiz qoldiriş sabab bölişi mumkin.

Ayniqsa, gaz hidi sezilgan xonada çiroqni yoqiş yoki öçiriş, elektr asboblarini işga tuşiriş, telefondan foydalaniş yoki gugurt yoqiş juda xavfli. Çunki elektr kaliti işlaganda paydo bölişi mumkin bölgan kiçik uçqun ham gaz-havo aralaşmasini alangalatişi mumkin. Bunday çaqnaş natijasida kuçli bosim tölqini hosil bölib, deraza va eşiklar sinişi, devorlar şikastlanişi, yonğin çiqişi, insonlar turli darajada kuyiş jarohatini olişi yoki halok bölişi mumkin. Şuning uçun har bir isteʼmolçi gaz jihozlaridan foydalanişda oddiy, ammo hayotiy ahamiyatga ega talablarga qatʼiy amal qilişi zarur.

— Aynan qanday xavfsizlik talablariga rioya etilişi kerak?

— Avvalo, xonadonda faqat sertifikatlangan va belgilangan talablarga javob beradigan gaz uskunalaridan foydalaniş lozim. Ularni örnatiş, almaştiriş, joyini özgartiriş va taʼmirlaş işlari özboşimçalik bilan emas, balki vakolatli mutaxassislar tomonidan bajarilişi şart. Gaz jihozlarini xarid qilişda ularning texnik pasporti, işlab çiqaruvçisi va xavfsizlik talablariga muvofiqligiga eʼtibor qaratiş kerak.

Gaz plitasi, isitiş qozoni va gaz kolonkasidan foydalanişdan oldin ularning taşqi holatini közdan keçiriş, gaz kranlari va birikmalarining sozligiga işonç hosil qiliş muhim. Gaz jihozi işlayotganda alanga barqaror bölişi kerak. Alanga doimiy ravişda sariq yoki qizğiş tusda yonişi, tutun va qorakuya hosil bölişi, jihozdan ğayrioddiy tovuş çiqişi yoki uning tez-tez öçib qolişi nosozlik belgisi bölişi mumkin. Bunday holatlarda uskunadan foydalanişni töxtatib, malakali mutaxassisga murojaat qiliş lozim.

Şuningdek, gaz jihozlari işlab turgan vaqtda ularni nazoratsiz qoldirmaslik, ovqat pişiriş jarayonida idişdagi suyuqlik toşib, alangani öçirib qöymasligiga ­eʼtibor beriş zarur. Gazdan foydalanib bölgaç, jihozning özinigina emas, balki uning oldidagi gaz kranini ham yopiş tavsiya etiladi. Uyda yoş bolalar bölsa, ularning gaz jihozlaridan mustaqil foydalanişiga yöl qöymaslik, gaz kranlarini bolalar qöli yetmaydigan yoki ular tasodifan oça olmaydigan holatda saqlaş kerak.

Möri va şamollatiş kanallarining holati ham doimiy eʼtiborda bölişi zarur. Ularni mebel, parda, quriliş materiallari yoki boşqa buyumlar bilan berkitiş, özboşimçalik bilan qayta jihozlaş mumkin emas. Har bir gaz jihozi özining loyihaviy talablariga muvofiq havo almaşinuvi va yonuv mahsulotlarini taşqariga çiqariş tizimi bilan taʼminlanişi kerak. Ayniqsa, isitiş mavsumi boşlanişidan oldin mörilar, şamollatiş yöllari, gaz qozonlari va kolonkalarni vakolatli mutaxassislar körigidan ötkaziş muhim. Imkoni bölsa, xonadonlarga is gazini aniqlovçi maxsus signalizatorlar örnatiş ham tavsiya etiladi. Biroq bunday qurilmalar gaz jihozlarini texnik körikdan ötkaziş va xavfsizlik qoidalariga amal qiliş örnini bosmaydi.

Gaz hidi sezilgan holatda esa, eng avvalo, oçiq olovdan foydalanmaslik, elektr çiroqlari va boşqa elektr jihozlarini yoqmaslik yoki öçirmaslik kerak. Agar xavfsiz bölsa, gaz kranini yopiş, eşik va derazalarni oçib, xonani tabiiy şamollatiş, barça odamni binodan olib çiqiş lozim. Xavfli hududdan taşqariga çiqqandan keyingina 104 raqami orqali gaz avariya-dispetçerlik xizmatiga yoki zarur hollarda 112 raqamiga xabar beriş kerak. Mutaxassislar xavf bartaraf etilganini tasdiqlamaguniça xonadonga qayta kiriş mumkin emas.

Baʼzilar uçun arzimas körinadigan uşbu xavfsizlik çoralari, aslida, faqat birgina mavsumda eʼtibor qaratiladigan masala emas. Gaz jihozlari yil davomida soz saqlanişi, ulardan foydalanişda belgilangan talablarga amal qilinişi lozim. Ayniqsa, gaz quvurlari va jihozlarini özboşimçalik bilan taʼmirlaş, ruxsatsiz qöşimça uskunalar ulaş, möri va ventilyatsiya tizimlariga özgartiriş kiritiş kabi harakatlardan qatʼiy voz keçiş kerak. Zero, bir lahzalik eʼtiborsizlik ortga qaytarib bölmaydigan oqibatlarga olib kelişi mumkin.

— Davlatimiz rahbarining topşiriğiga asosan, noyabr oyi energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi deb eʼlon qilingan. Qolaversa, şu kunlarda yurtimiz böylab isitiş mavsumiga ötildi va joriy yilning 9-noyabridan boşlab Toşkent şahridagi köp kvartirali turar joy binolariga issiqlik beriş jarayoni boşlandi. Bu esa xavfsizlik çoralarini yanada oşirişni taqozo etadi, şunday emasmi?

— Albatta, bu borada tegişli taşkilotlar vakillari aniq çora-tadbirlar körmoqda. Xususan, “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan is gazidan zaharlaniş va gazdan notöğri foydalaniş oqibatida yuzaga kelişi mumkin bölgan baxtsiz hodisalarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar muntazam taşkil etib kelinmoqda. Yurtimiz böylab aholi xonadonlari va boşqa obyektlardagi gaz uskunalari hamda dudburonlarni tekşiriş, profilaktik körikdan ötkaziş işlari bajarilyapti.

Amaldagi qonunçilikda ham uşbu masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan tabiiy gazdan foydalaniş qoidalariga köra, köp kvartirali va turar joy binolaridagi gaz plitalari ikki yilda bir marta, boşqa gazdan foydalaniş uskunalari esa isteʼmolçi buyurtmasi asosida yiliga bir marta texnik körikdan ötkazilişi lozim. Texnik xizmat tegişli ruxsatnomaga ega taşkilotlar tomonidan körsatiladi. Bu talablar, eng avvalo, gaz jihozlarining sozligini taʼminlaş va ehtimoliy baxtsiz hodisalarning oldini olişga xizmat qiladi.

Asosiy eʼtibor tuşuntiriş, tarğibot işlariga qaratilmoqda. Çunki bu masalada baribir köproq xonadon egalaridan masʼuliyat talab etiladi. Bu, avvalo, insonning öz hayoti, oilasi va yaqinlari oldidagi masʼuliyatidir. Şu bois, gaz taʼminoti xodimlari hamkor taşkilotlar bilan birgalikda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari, taʼlim muassasalari, davolaş maskanlari, köngiloçar obyektlar hamda aholi gavjum joylarda uçraşuv va tuşuntiriş tadbirlarini ötkazmoqda. Ularda fuqarolarga is gazining yuzaga kelişi sabablari, uning inson hayoti va salomatligi uçun xavfi, gaz jihozlaridan töğri foydalaniş, möri va şamollatiş tizimlarining sozligini taʼminlaş, nosoz uskunalardan foydalanmaslik hamda xavfli holatlar yuzaga kelganda qanday harakatlaniş kerakligi batafsil tuşuntirilyapti. Maqsad xavfsizlik qoidalarini aholining keng qatlamiga yetkaziş, fuqarolarning xabardorligi va huşyorligini oşirişga qaratilgan.

Zero, is gazidan zaharlaniş va gaz bilan boğliq baxtsiz hodisalarning oldini olişda masʼul taşkilotlarning nazorati bilan bir qatorda, har bir fuqaroning xavfsizlik talablariga ongli ravişda rioya qilişi ham hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz kerak.

“Yangi Özbekiston” muxbiri

Iroda TOŞMATOVA suhbatlaşdi.