Şu yil oktyabr oyida jahon hamjamiyatining eʼtibori yana Samarqandga qaratildi. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioning mamlakatimizga rasmiy taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar, Markaziy Osiyo va AQŞ taşqi işlar vazirlarining C5+1 formatidagi uçraşuvi hamda Amerika — Özbekiston işbilarmonlik va investitsiyalar kengaşining yiğilişi bölib ötdi. Uşbu siyosiy va iqtisodiy muloqotlarning ahamiyati, erişilgan kelişuvlar hamda Markaziy Osiyoning jahon siyosatidagi yangi örni haqida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinçi örinbosari, taniqli diplomat va siyosatçi Sodiq SAFOYEV bilan suhbatlaşdik.
— Sodiq Solihoviç, Marko Rubioning Özbekistonga tarixiy taşrifi xalqaro hamjamiyat va ommaviy axborot vositalarida juda katta qiziqiş uyğotdi. Siz uşbu taşrif ahamiyatini nimalarda köryapsiz?
— Darhaqiqat, Samarqandda bölib ötgan muzokaralar, uçraşuvlar va anjumanlarni heç ikkilanmasdan tarixiy voqea deyiş mumkin. Marko Rubioga Özbekistonga jönab ketişi oldidan “Janob Davlat kotibi, butun dunyo inqirozlar va nizolar girdobida turgan bir paytda nega aynan Özbekistonga, Samarqandga ketyapsiz?” deya savol berişdi. Uning javobi şunday böldi: “Töğri, hozir butun dunyoda muammolar köp, ammo biz kelajakni ham öylaşimiz kerak. Özbekiston bugun jadal rivojlanayotgan, keng kölamli islohotlarni amalga oşirayotgan davlat. Bunday mamlakat bilan hamkorlik qiliş bugungi qiyinçilik va ziddiyatlarga yeçim topişda ham yordam beradi”.
Uşbu javobda yangi Özbekistonga, mamlakat rahbarining xalqaro maydonda egallagan mavqeiga nisbatan hurmat va işonç mujassam desam, yanglişmagan bölaman.
Samarqanddagi tadbirlar uç yönalişda ötdi. Birinçisi — Prezident Şavkat Mirziyoyev hamda AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio örtasidagi ikki tomonlama muloqot. Ikkinçisi —
Amerika — Özbekiston işbilarmonlik va investitsiyalar kengaşining yiğilişi. Davlat kotibiga AQŞning 200 ta yirik kompaniyasi vakillari hamrohlik qildi. Demak, kun tartibida siyosiy muloqot bilan birga iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalarga ham juda katta örin berildi. Uçinçisi — Markaziy Osiyo va AQŞ taşqi işlar vazirlarining C5+1 formatidagi uçraşuvi.
Şubhasiz, Samarqandda erişilgan kelişuvlar va muhokama etilgan masalalar Prezidentimiz taşqi siyosatining, yangi Özbekiston diplomatiyasining eng salmoqli natijalaridan biri böldi.
— Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Marko Rubio bilan uçraşuvda “Bugun biz yangi tarix sahifasini oçyapmiz, yangi tarix yaratyapmiz”, dedi. Şu maʼnoda, uşbu taşrifning aynan hozir amalga oşirilişiga sabab bölgan omillar va undan közlangan maqsadlar nimalardan iborat deb öylaysiz?
— Marko Rubio Registon maydonida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusida bu savolga javob böladigan muhim bir fikrni alohida taʼkidlab ötdi: “Sönggi yigirma yilda amerikalik siyosatçilar Markaziy Osiyoga munosib darajada eʼtibor qaratmadi. Endi bu vaziyatni özgartirişimiz kerak”. Menimça, taşrifning aynan hozir ötkazilişiga ikki asosiy omil sabab böldi.
Birinçidan, Markaziy Osiyo, avvalo, mintaqaning yuragi bölgan Özbekiston özgardi. Hamkorlik bir-birini tuşuniş, qaraşlar va manfaatlar uyğunligiga tayanadi. Masalan, siz gapi gapingizga qovuşadigan, sizning dunyoqaraşingizga yaqin bölgan odam bilan hamkorlik qilasiz, albatta. Davlatlar ham şunday. Qadriyatlar işonçni, işonç esa hamkorlikni mustahkamlaydi.
Tan oliş kerak, 2016-yilgaça mamlakatimizdagi siyosiy va iqtisodiy tizim taşqi hamkorlikka unçalik oçiq emas edi. Valyuta konvertatsiyasi bilan boğliq muammolarni köpçilik yaxşi eslaydi. Hadiksiraş, işonçsizlik va eskiça iqtisodiy yondaşuvlar ustun edi. Hatto ayrim mutasaddilarimiz xorijliklar bilan muloqotda “Bizga investitsiya kerak emas, iqtisodiyotimizni özimiz rivojlantira olamiz”, degan qaraşni ilgari surardi.
Öşa yillari amerikalik işbilarmonlardan nega Özbekistonga dadil kirib kelmayotganini sörasak, ular iqtisodiyot, qonunçilik va davlat boşqaruvidagi yopiqlikni asosiy tösiq sifatida körsatardilar. Bugun bu muammolarning barçasi Prezidentimiz boşçiligida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar tufayli öz yeçimini topdi.
Ilgari hatto qöşni davlatlar bilan ham oçiq siyosat olib bormaganimiz tufayli Markaziy Osiyoda parokandalik, bir-biriga raqobat közi bilan qaraş kayfiyati kuçaygan edi. Mintaqa manfaatlari va kelajagi muştarak yagona makon sifatida qabul qilinmasdi. 2017-yildan boşlab muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va taşabbuslari şarofati bilan vaziyat tubdan özgardi. Bugun siyosatçilar “Markaziy Osiyo ruhi” degan iborani bejiz tez-tez tilga olmayapti.
Ikkinçidan, Amerika Qöşma Ştatlarining yondaşuvi ham özgardi. Hozirgi maʼmuriyat mafkuraviy masalalardan köra, davlatlarni iqtisodiy manfaatlar orqali yaqinlaştirişga köproq urğu bermoqda. Bu bizning manfaatlarimizga ham mos. Marko Rubio buni oçiq ifodalab, AQŞ Markaziy Osiyo davlatlari, birinçi navbatda, Özbekiston bilan özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanini aytdi.
— Sodiq Solihoviç, sözlaringizdan kelib çiqib, yana bir muhim jihatga töxtalsak. Muhtaram Prezidentimizning yillar davomidagi saʼy-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo bugun jips va işonçli mintaqa, xalqaro maydonda esa yagona siyosiy subyekt sifatida namoyon bölmoqda. Siz bu jarayonni qanday baholaysiz?
— Töğri taʼkidladingiz. Bugungi Markaziy Osiyo haqiqatan birlaşyapti. C5+1 formatining özi ham buning yorqin dalili. Bu yerda “C5” — Markaziy Osiyoning beş davlati, “+1” esa yirik xalqaro şerikni anglatadi. Bir yil içida şunday yettita yuqori darajadagi muloqot ötkazildi. Samarqandda Yevropa Ittifoqi bilan boşlangan uçraşuvlar Rossiya, Xitoy, Italiya, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan davom etdi. AQŞ bilan muloqot esa Vaşingtonda, Oq uyda Prezidentlar darajasida bölib ötdi.
Şu örinda tabiiy savol tuğiladi. Nega ilgari Markaziy Osiyoga çetda qolgan mintaqa sifatida qaralar, uning ahamiyati asosan Afğoniston, Rossiya yoki Xitoyga yaqinligi bilan ölçanar edi-yu, bugun u jahon siyosatining diqqat markaziga çiqdi? Avvalo, oldin mintaqada strategik mavhumlik bor edi. “Ertaga nima böladi?” degan savolga aniq javob yöq edi. 2017-yildan boşlab Özbekiston rahbariyati olib borgan siyosat natijasida bu muhit özgardi. Bugun Markaziy Osiyo — öz yönalişini aniq anglayotgan, tobora jipslaşayotgan va yirik umumiy bozor sifatida şakllanayotgan mintaqa. Bu xorijiy investorlar uçun yaxşi signal. Ular alohida bir davlat bilan çeklanib qolmay, qariyb 100 million aholiga ega katta bozorga kiriş imkoniyatini köryapti.
AQŞ, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Rossiya mintaqadagi qoida hamda tamoyillar jahon andozalariga tobora yaqinlaşayotganini kuzatyapti. Çunki yondaşuvlar özaro mos kelmasa, uzoq muddatli va çuqur hamkorlikni yölga qöyiş qiyin.
Yana bir muhim omil — tabiiy boyliklar va xomaşyo manbalari. Litiy, rux, uran va mis kabi strategik minerallarsiz sunʼiy intellekt, yarimötkazgiçlar va nanotexnologiyalar bilan boğliq zamonaviy işlab çiqarişni rivojlantirib bölmaydi. Şu maʼnoda, Markaziy Osiyo yirik iqtisodiyotlarga taʼminot manbalarini diversifikatsiya qiliş, bitta bozorga qaramlikni kamaytiriş imkonini beradi.
— Samarqandda erişilgan iqtisodiy kelişuvlar Özbekistonga qanday naf keltiradi?
— Prezident Şavkat Mirziyoyev taşqi siyosiy doktrinasining eng muhim va natijador yönalişi Markaziy Osiyo bölsa, uning yana bir kuçli jihati iqtisodiy diplomatiyadir. Sönggi ön yilda Özbekiston taşqi siyosatida iqtisodiy manfaatlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Samarqanddagi tadbirlar navbatdagi rasmiy uçraşuv sifatida izsiz ötib ketişi ham mumkin edi. Ammo Prezidentimizning siyosiy irodasi va qatʼiy pozitsiyasi tufayli ularning mazmun-mohiyati butunlay özgardi. Marko Rubio bilan birga AQŞning 200 ta nufuzli kompaniyasi vakillari keldi. Ular orasida sunʼiy intellekt, nanotexnologiyalar va moliya sohasida jahon iqtisodiyoti rivojiga taʼsir körsatayotgan yirik kompaniyalar bor. Şulardan eng yirik 12 tasini olsak, umumiy kapitalizatsiyasi, yaʼni qiymati 12 trillion dollarni taşkil qiladi.
Bu — nihoyatda katta raqam. Tasavvur qiling, Yevropaning eng yirik davlatlarining yillik yalpi mahsuloti bundan bir neça bor kamroq.
Eng muhimi, ular bilan muloqotda 200 ta özbek kompaniyasi rahbarlari ham iştirok etdi. Ilgari bunday tadbirlarda asosan vazirlik, idora va uyuşmalar mutasaddilari qatnaşardi. Amaldor bilan tadbirkorning tili esa har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Bu safar özbekistonlik işbilarmonlar aniq taklif, biznes-reja va ğoyalari bilan tengma-teng muloqot qildi. Bu ham mamlakatimizda yuz bergan özgarişlarning amaliy ifodasidir.
Ayrimlar “AQŞ kompaniyalari bizdan faqat öz manfaati uçun foydalanadi”, degan fikrni bildiryapti. Albatta, biznes manfaatsiz işlamaydi. Ammo Özbekiston ham bu muloqotni öz milliy manfaatlaridan kelib çiqib olib boryapti. Bir yilda ikki tomonlama savdo hajmi 30-34 foizga, Özbekistonning AQŞga eksporti esa 60 foizga oşdi. Muhimi, eksportimizning katta qismini paxta, metall yoki boşqa xomaşyo emas, axborot texnologiyalari xizmatlari taşkil etyapti. Bu kelajakda bizga katta samara beradi.
— Sodiq Solihoviç, gaplaringizni tinglar ekanman, Prezidentimizning Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan sözlagan nutqi yodimga tuşdi. Davlatimiz rahbari 2030-yilga borib yalpi içki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga yetkaziş maqsadini belgilagan edi. Tabiiyki, köpçilikni bu ulkan marraga qanday erişiladi degan savol öylantiradi. AQŞning 200 ta yirik kompaniyasi aniq reja va takliflar bilan Samarqandga kelgani ana şu savolga amaliy javoblardan biri emasmi?
— Bu — juda katta maqsad. Qiyoslaş uçun, 2016-yil yakunida Özbekistonning yalpi içki mahsuloti 52 milliard dollar edi. Bugun bu körsatkiç 160 milliard dollarga yetgan. Yaqin kelajakda uni 300 milliard dollarga, aholi jon boşiga daromadni esa 10 ming dollarga yetkaziş maqsad qilingan.
Buning uçta muhim omili bor. Birinçisi — siyosiy islohotlar bilan uyğun holda iqtisodiyotni liberallaştiriş va xususiy tadbirkorlikka keng yöl oçiş. Ikkinçisi — xususiylaştiriş, davlat tasarrufidagi korxonalarda xususiy sektor iştirokini kengaytiriş. Uçinçisi — xorijiy investitsiyalar.
2016-yilda Özbekistonga yiliga qariyb 2 milliard dollar investitsiya kiritilgan bölsa, bugun bu raqam 35-40 milliard dollarga yetmoqda. Albatta, investor foyda oliş uçun keladi. Biroq u özi bilan yangi texnologiya, iş örinlari, boşqaruv tajribasi va yangi bozorlarni ham olib kiradi.
Samarqanddagi yiğilişda Boeing, General Electric va BlackRock kabi yirik kompaniyalar iştirok etdi. Buni, heç mubolağasiz, jahon biznesi yetakçilarining öziga xos paradi deyiş mumkin. Xalqimizda “Bularni tuya söyib çaqirsang ham kelmaydi” degan gap bor. Bu kompaniyalar hukumat topşiriği bilan emas, aniq iqtisodiy manfaat va istiqbolni körgani uçun keldi.
— Uşbu kompaniyalar bilan muzokaralardan qanday aniq natijalar kutilyapti?
— Samarqandda har ikki tomon manfaatiga mos aniq kelişuvlarga erişildi. 200 ta Amerika va 200 ta Özbekiston kompaniyasi örtasida töğridan töğri muloqot bölib ötdi. Natijada umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarga teng bölgan 54 ta kelişuv va istiqbolli taşabbuslar töplami şakllantirildi, töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi taşkil etildi.
27-oktyabrda Özbekistonda Google Pay va Apple Pay tölov xizmatlari işga tuşirildi. GE Aerospace bilan aviatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik qiliş böyiça kelişuvga erişildi. Boeing kompaniyasidan 22 ta zamonaviy samolyot, jumladan, Dreamliner xarid qiliş rejalaştirildi. Bir qaraşda, samolyot xaridi oddiy tijoriy kelişuvdek tuyulişi mumkin. Aslida, har bir yangi samolyot ortida yangi iş örinlari, qöşimça aviayönalişlar va turizm imkoniyatlari turadi. Bugun mamlakatimiz rivojini çeklab turgan omillardan biri mahalliy va xalqaro aviaqatnovlar soni kamligidir. Yönalişlar köpaysa, sayyohlik industriyasiga ham, aholiga ham naf keladi. Samarqand, Buxoro va Xivada turizm rivoji mahalliy iqtisodiyotga qanday taʼsir körsatayotganini barçamiz körib turibmiz. Qolaversa, bu bilan Özbekiston dunyoga yanada oçiladi.
Energetika sohasida kiçik modulli reaktorlar va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş böyiça ham kelişuvlarga erişildi. Energetika — iqtisodiyotning asosiy tayançlaridan biri. Iqtisodiy ösiş qöşimça energiya quvvatlarini talab qiladi.
Zamonaviy iqtisodiyot sunʼiy intellekt va axborot texnologiyalariga tayanadi. Ularning asosida esa maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari turadi. Hozir Özbekistonda yana ikkita şunday markaz qurilmoqda. Bitta yirik maʼlumotlar markazi juda katta miqdorda elektr energiyasi isteʼmol qiladi. Agar mamlakatimizni axborot texnologiyalari markaziga aylantirmoqçi bölsak, yangi energetik quvvatlar yaratişimiz şart. AQŞning yuqori texnologiyali kompaniyalari bilan muloqotlar ana şu imkoniyatni kengaytiradi.
Prezidentimiz Amerika — Özbekiston işbilarmonlik va investitsiyalar kengaşi yiğilişida Özbekistonning eng katta boyligi xomaşyo emas, inson kapitali — yoş, isteʼdodli va malakali mutaxassislar ekanini alohida taʼkidladi. Şu bois, kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaş, malaka oşiriş böyiça ham qator kelişuvlarga erişildi.
Dallasdagi Texas universiteti bilan hamkorlikda Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi instituti qoşida Kvant markazi taşkil etilgan va u bugun samarali faoliyat yuritmoqda. Colorado Sçool of Mines — Kolorado konçilik maktabi bilan geologiya va toğ-kon sanoati uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, milliy mutaxassislar malakasini oşiriş böyiça hamkorlik yölga qöyilmoqda.
Yana bir quvonarli jihat şuki, AQŞ investitsiyalari Özbekistonga kirib kelişi bilan birga mamlakatimiz tadbirkorlari ham Amerika iqtisodiyotiga sarmoya kiritmoqda. Masalan, AKFA Group Kentukki ştatining Bouling-Grin şahrida yirik korxona qurmoqda. Korxona işga tuşgaç, mahsulotlar Şimoliy, Markaziy va Janubiy Amerika bozorlariga eksport qilinadi. Olingan daromad Özbekistonda yangi işlab çiqarişlar va iş örinlari yaratişga xizmat qilişi mumkin. Bu, öz navbatida, mamlakatimizning işbilarmonlik nufuzini ham oşiradi.
Prezidentimiz muhim minerallarni qazib oliş bilan çeklanmasdan, ularni çuqur qayta işlaş va yuqori texnologik mahsulotlar işlab çiqariş zarurligini taʼkidladi. Zamonaviy energetika, maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari, sanoat, qişloq xöjaligi, taʼlim va davlat boşqaruviga sunʼiy intellekt hamda raqamli yeçimlarni joriy etiş ham istiqbolli yönalişlar sifatida belgilandi. Özbekiston sanoati rivojlangan davlatlarga faqat xomaşyo yetkazib beruvçi mamlakat bölib qolmasligi, qöşimça qiymat, avvalo, özimizda yaratilişi zarur.
— Markaziy Osiyo yirik davlatlar manfaatlari kesişadigan hududda joylaşgan. Ayrim ekspertlar AQŞning mintaqaga qiziqişini yangi “Katta öyin”ning bir qismi sifatida baholamoqda. Geosiyosiy raqobat kuçaygan bir paytda Özbekiston qanday yöl tutişi kerak?
— Samarqand anjumanlariga turliça baho berilayotgani tabiiy. Çunki Özbekiston saviyasi, kölami va natijalari jihatidan har qanday davlat ham ötkaza olmaydigan yirik tadbirga mezbonlik qildi.
“Markaziy Osiyo atrofida yangi “Katta öyin” boşlandimi?” degan savol ham yangrayapti. Tarixdagi “Katta öyin” Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalarining Markaziy Osiyoda hukmronlik örnatiş uçun olib borgan uzoq raqobatini anglatar edi. Bugungi jarayon u davrdagi klassik “Katta öyin”dan keskin farq qiladi.
Birinçidan, öşa paytda asosiy öyinçilar ikkita edi. Bugun esa ular ança köp. Bir yil içida yettita yirik şerik Markaziy Osiyo davlatlari bilan C5+1 şaklida muloqot ötkazdi. Bu ular mintaqadan nimadir kutayotganini, bu yerda hamkorlikka undaydigan salohiyat va imkoniyat borligini körsatadi.
Ikkinçidan, ilgari Markaziy Osiyo “Katta öyin”ning obyekti edi. Mintaqa öyin qoidalari yoki voqealar rivojiga taʼsir körsata olmasdi. Bugun esa Markaziy Osiyo, ayniqsa, Özbekiston jarayonlarning obyekti emas, teng huquqli iştirokçisiga aylanmoqda. Samarqand muloqotlari buni yana bir bor körsatdi.
Yirik kuçlar örtasidagi raqobatni milliy taraqqiyot uçun imkoniyatga aylantiriş kerak. Buning uçun Özbekiston öz manfaatiga eng mos, uzoq muddatli foyda keltiradigan takliflarni tanlaşi zarur.
— Marko Rubio öz nutqida muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev amalga oşirayotgan islohotlarga yuksak baho berdi. Amerika tomonining bunday eʼtirofi zamirida nima bor?
— Marko Rubio köp yil senator bölgan, qaraşlari qatʼiy siyosatçi. Menimça, u tasodifiy söz aytmaydi. Prezidentimizga yuzlanib, “Siz öz mamlakatingizni dunyoga oçdingiz va ayni paytda dunyoni Özbekiston uçun oçdingiz”, dedi. Bu sözlar zamirida katta maʼno bor. Ular, avvalo, Yangi Özbekistonning xalqaro obrösini ifodalaydi.
Ilgari AQŞda Özbekiston haqida gap ketganda, köpinça muammoli mavzular tilga olinardi. “Jasliq”, radikal guruhlarga qöşilgan ayrim vatandoşlarimiz yoki xorijda oğir va kam haq tölanadigan işlarda mehnat qilayotgan migrantlarimiz haqida söz borardi.
Bugun Özbekiston deganda, köpçilikning köz öngiga yangi texnologiyalar, zamonaviy universitetlar, katta imkoniyatlar va işonçli hamkor kelyapti. Bu Prezidentimiz olib borayotgan siyosatning yorqin natijasidir. AQŞ Özbekistonda nafaqat jozibador bozorni, balki uzoq muddatli va işonçli şerikni ham köryapti.
— Marko Rubio islohotlar bilan birga Prezident Şavkat Mirziyoyev jamoasining mehnatini ham eʼtirof etdi. Taşrifga katta tayyorgarlik körilgani va har bir jihat puxta öylangani sezilib turdi.
— Darhaqiqat, Amerika — Özbekiston işbilarmonlik va investitsiyalar kengaşi yiğilişi juda keng kölamli tadbir böldi. Amerikalik kompaniyalar rahbarlari Samarqand anjumanining ikki jihatini alohida eʼtirof etdilar.
Birinçisi — tadbir yuqori saviyada taşkil etilgani, barça taşkiliy masalalar jahon andozalari darajasida hal qilingani. Bu Samarqand dunyo miqyosidagi xalqaro anjumanlar markaziga aylanayotganini körsatdi.
Ikkinçisi — Özbekiston Prezidenti bilan muloqotda avvalgi va keyingi uçraşuvlar örtasida uzviylik borligi. Oldin belgilangan rejalarning ijrosi, erişilgan natijalar va navbatdagi uçraşuvgaça bajariladigan vazifalar atrofliça muhokama qilindi.
Bu amerikalik hamkorlarda gap uzoq muddatli strategik siyosat töğrisida ketayotganiga işonç uyğotdi. Ayrim kompaniya rahbarlari “Özbekiston bilan nafaqat özimiz işlaymiz, balki Amerikadagi hamkorlarimizni ham olib kelamiz”, deb aytdi.
Marko Rubio ham öz nutqida Amerika tomonidan Serjio Gorning, Özbekiston tomonidan esa Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Ayni paytda amerikalik sarmoyadorlar uçun tuşunarli va oldindan başorat qiliş mumkin bölgan şaroitlar yaratilmoqda. Özbekistonga kelgan investor maʼmuriy tartib-taomillarga ortiqça vaqt sarflamasdan, biznesini tez boşlaş imkoniga ega bölişi kerak. Şu maqsadda “Plug and Play” tamoyiliga asoslangan yangi yondaşuv joriy etilmoqda. Investorlarga yer maydoni, infratuzilmasi va ruxsat hujjatlari tayyor bölgan loyihalar taklif etiladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning nutqiga Davlat kotibi Marko Rubio va amerikalik hamkorlarimiz juda katta baho berganini alohida taʼkidlaşni istar edim. Çunki unda tadbirkorlar uçun tuşunarli bölgan iboralar, tuşunçalar va atamalardan foydalanilgan edi. Şakl nuqtai nazaridan ham nutq qisqa, muxtasar, şu bilan birga, kuçli taʼsirga ega böldi va tadbir iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi.
Samarqanddagi siyosiy va iqtisodiy muloqotlarning asosiy xulosasi şuki, AQŞ Yangi Özbekistonni, uning rahbari olib borayotgan siyosatni va mamlakatimizning tobora yuksalib borayotgan mavqeini eʼtirof etdi. Mintaqaviy va global masalalar böyiça muloqot endi faqat bir tomon manfaatidan kelib çiqib emas, Özbekiston manfaatlarini ham hurmat qilgan holda olib borilmoqda.
Prezidentimiz Marko Rubioga “Buyuk xizmatlari uçun” ordenini topşirganida uning hayajoni yuz-közidan sezilib turdi. Davlat kotibi “Men bu ordenni taqib, Oq uyga kiraman”, dedi faxr bilan. Bu sözlarda Özbekiston rahbariga, davlatimiz va xalqimizga nisbatan samimiy munosabat ifodalandi.
Suhbatimiz yakunida yana bir fikrni taʼkidlamoqçiman. Özbekiston mintaqaviy miqyosdagi yirik davlatga aylanmoqda. Samarqanddagi uçraşuvlar buni yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
— Katta rahmat, Sodiq Solihoviç. Samarqand uçraşuvlarining tafsilotlari va natijalari hali köp tahlil qilinadi. Eng muhimi, bu jarayon Prezidentimizning uzoq yillik saʼy-harakatlari samarasi bölib, uning natijalari nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo xalqlari manfaatiga xizmat qiladi.
Özbekistonda xizmat
körsatgan jurnalist,
Oliy Majlis Senati aʼzosi
Husan ERMATOV suhbatlaşdi.