Taşqi işlar vazirligi taqdim etgan rasmiy maʼlumotga köra, hujjat muqaddima va 14 ta moddadan iborat bölib, ikki davlat fuqarolariga amal qiliş muddati kamida olti oy bölgan xorijga çiqiş biometrik pasporti asosida özaro vizasiz kiriş, tranzit ötiş va çiqiş huquqini beradi.
Bitimga muvofiq, fuqarolar har bir safar davomida 30 kungaça, bir kalendar yili mobaynida esa jami 180 kundan oşmagan muddatda vizasiz bölişi mumkin.
Şu bilan birga, vizasiz rejim doimiy yaşaş, öqiş yoki mehnat ruxsatnomasini talab qiladigan faoliyat turlariga tatbiq etilmaydi. Belgilangan muddatdan ortiq qoliş uçun qabul qiluvçi davlat qonunçiligiga muvofiq viza oliş talab etiladi.
Hujjatda fors-major holatlarida böliş muddatini bepul uzaytiriş, pasport yöqolgan yoki şikastlangan taqdirda vaqtinçalik yöl hujjati beriş hamda mamlakatdan vizasiz çiqib ketiş tartibi ham nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, har ikki davlat öz hududiga kirişni rad etiş yoki şaxsning böliş muddatini qisqartiriş huquqini saqlab qoladi.
Bitim imzolangan kundan boşlab emas, balki ikki tomon uni kuçga kiritiş uçun zarur bölgan içki tartib-taomillarni bajargani haqidagi sönggi rasmiy xabarnomani olgan sanadan 30 kun ötgaç kuçga kiradi.
Qayd etilişiça, mazkur kelişuv Özbekiston va Ömon fuqarolarining özaro safarlarini yengillaştiriş, turizm, işbilarmonlik va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirişga xizmat qiladi.