Amaliy geofizika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, bunday intensivlikdagi quyosh chaqnashi oxirgi marta 5-sentabrda qayd etilgan, deb xabar berdi Kazinform.

— 5-oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 21:48 da 4545 (N19E10) dog‘lar guruhidagi rentgen diapazonida M1.1 chaqnashi qayd etildi, bu 30 daqiqa davom etdi, — deyiladi xabarda.

Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining intensivligiga ko‘ra beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Eng pasti A0.0 sinfidir. U Yer orbitasida kvadrat metrga 10 nanovatt nurlanish kuchiga mos keladi. Har bir keyingi harf bilan nurlanish kuchi 10 baravar ortadi.

Quyosh chaqnashlari paytida plazma otilib chiqishi mumkin. Agar uning bulutlari Yerga yetsa, ular magnit bo‘ronlarini keltirib chiqaradi.