Sönggi yillarda mamlakatimizda 11 ta xalqaro aeroport zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilindi. Möynoq, Qöqon, Zomin, Arnasoy, Şahrisabz, Sariosiyo va Söxdagi aeroportlar tiklanib, aeroportlar soni 18 taga yetdi. Urganç, Samarqand, Buxoro va Namangan aeroportlari xususiy şeriklik asosida investorlarga işonçli boşqaruvga berildi.
Joriy yilda aviatsiya orqali yölovçi taşiş hajmi 17 million nafarni taşkil etadi, yaqin yillarda mazkur körsatkiçni 25 million nafarga yetkaziş maqsad qilingan.
Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda 1 ming 300 gektar maydonda yangi xalqaro aeroport barpo etilmoqda.
Uşbu aeroportga tutaş 800 gektar maydonda 5 milliard dollarlik “Aerocity” loyihasi amalga oşiriladi. Unda logistika va elektron tijorat markazlari, nufuzli brendlar, zamonaviy mehmonxonalar va turar joylarni qamrab olgan yaxlit ekotizim yaratiladi.
Mutasaddilarga kelgusi yilning 1-iyuligaça hududning master-rejasini yakunlab, mahalliy va xorijlik investorlarga taqdim etiş topşirildi.