Hokimlarga bir oy muddatda har bir hududda 1-2 tadan yoʻl va koʻprikni belgilab, ularni qurish, saqlash va boshqarish sharti bilan investorlarga taklif etishni boshlash topshirildi.
Bunday loyihalar xususiy sektorga texnik-iqtisodiy asoslari bilan birga tayyor paket shaklida taqdim etiladi.
Yoʻllar boʻyida savdo va servis obyektlarini tashkil etish huquqi ham investorlarning oʻziga beriladi. Bu kabi loyihalar har bir tumanda boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.