Qarorga köra, voleybol sport turini 2030-yilgaça rivojlantirişva ommalaştirişning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) reytingida voleybol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi örnini kötariş va Osiyoda top-5 talik mamlakatlar qatoriga kiritiş;
voleybol sport turini ommalaştiriş orqali uşbu sport turi bilan şuğullanuvçilar qamrovini 1 mln nafarga yetkaziş va boşqalar.
2026-yil 1-dekabrdan har bir tuman (şahar)da kamida 1 tadan umumiy örta taʼlim taşkilotida voleybol sport turiga ixtisoslaşgan sport klublari taşkil etiladi.
2026/2027 öquv yili yakuniga qadar voleybol infratuzilmasi mavjud barça umumiy örta taʼlim taşkilotlarida voleybol tögaraklari taşkil etiladi.
2026-yil 1-dekabrdan voleybol sport turiga ixtisoslaştirilgan klublar örtasida “Kelajak yulduzlari” voleybol musobaqasi ötkazib boriladi.
Özbekiston voleybol federatsiyasi tizimida Milliy voleybol ligasi taşkil qilinadi.
Milliy voleybol ligasi quyidagilarni öz içiga oladi:
Professional voleybol ligasi;
Talabalar voleybol ligasi;
Havaskorlik voleybol ligasi;
boşqa voleybol ligalari.