Gruziya içki işlar vaziri Sulxan Tamazaşvili jurnalistlarga tafsilotlarni maʼlum qildi.
Portlaş beşinçi qavatdagi kvartirada gaz isitgiçidan foydalaniş paytida tabiiy gaz töplanib qolişi oqibatida yuzaga kelgan. Oqibatda binoning bir qismi qulab tuşdi, deb xabar berdi regnum.ru.
“Hodisa yuzasidan tergov boşlandi. Binoning bir qismi yaşaşga yaroqsiz deb topildi va aholi evakuatsiya qilindi va mehmonxonalarga köçirildi”, dedi vazir qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib.