Khaosod naşriga köra, yonğin duşanba kuni keçqurun mototsikl ijarasi dökoni yaqinidagi yonilği sotadigan avtomat yonida sodir bölgan va yaqin atrofdagi binolarga tarqalgan.

Yonğin beşta tört qavatli tijorat binosini qamrab olgan. Ijara dökoni yonida töxtab turgan bir neçta mototsikllarga ham zarar yetgan.

Voqea joyiga öt öçiruvçilar va favqulodda vaziyatlar xizmati yetib keldi. Yonğinni öçiriş uçun beşta öt öçiriş maşinasi safarbar qilindi. Qutqaruvçilar yonğinni taxminan 40-50 daqiqada nazorat ostiga olişdi.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, tutundan zaharlaniş oqibatida 38 kişi jabrlangan. Ular Patong şifoxonasiga olib ketilgan.

Patong politsiya bölimi boşliğining xabar berişiça, olingan maʼlumotlarga köra, halok bölganlar soni 11 nafarga yetgan.

Yonğin sababi va ölim holatlari tekşirilmoqda, deb xabar berdi report.az.