Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi maʼlum qildi.
Joriy yilning 15–17-noyabr kunlari meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bilan şuğullanuvçi özbekistonlik korxonalar vakillari Ömonning Masqat şahrida bölib turibdi.
Eksport geografiyasini kengaytiriş va yangi savdo hamkorlarini jalb etiş maqsadida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi vakillari Ummonning «Khazaen» iqtisodiy zonasida joylaşgan yirik «Silal» meva-sabzavot bozoriga taşrif buyurdi.
Unda bozor hamda «ErmakPlus», «Angelsey Food» va «Uniagri Group» kompaniyalari rahbarlari iştirokida uçraşuv taşkil etildi.
Muzokaralarda özbek mahsulotlarini Ömon bozoriga olib kiriş, şuningdek, uşbu mamlakat orqali Fors körfazi davlatlariga eksport qiliş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvning muhim natijalaridan biri — «Silal» bozori hududida özbek mahsulotlari uçun maxsus savdo pavilyoni ajratiş böyiça kelişuvga erişilganidir.
Xususan, «ErmakPlus» va «Uniagro Group» korxonalari mahsulotlarini uşbu pavilyonda olti oy davomida namoyiş etiş va tarğib qiliş rejalaştirilgan. Bu mahalliy işlab çiqaruvçilarga yangi xaridorlar topiş va eksport şartnomalarini tuziş uçun imkoniyat yaratadi.
«Silal» bozorining yana bir muhim jihati — bu yerda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilişga ixtisoslaşgan laboratoriyalar faoliyat yuritadi.
Mahsulot namunalari kelib tuşişi bilan laboratoriya tahlillari ötkazilib, Qişloq xöjaligi vazirligidan tegişli xulosa olinadi. Uşbu jarayonlarning barçasi bir soat içida amalga oşiriladi.
Taşrif davomida delegatsiya bozor hududida faoliyat yurituvçi «Suhol al Fayha» kompaniyasi iş jarayonlari bilan ham tanişdi. Xususan, meva-sabzavot mahsulotlarini qabul qiliş, saralaş, qadoqlaş, saqlaş va ulgurji savdoga çiqariş jarayonlari örganildi.