Unga köra, mulkdorlarga «Toşkent Invest kompaniyasi» AJ uy-joy loyihalarini amalga oşirayotgan Yangi Toşkent hududidan xonadonlar ajratiş nazarda tutilgan.

Mazkur mexanizm Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-noyabrdagi PF–243-son Farmonida belgilangan.

Taklifning öziga xos jihati şundaki, Yangi Toşkent hududida mulkdorlarga mavjud xonadoni maydonining 150 foizigaça bölgan hajmda yangi uy-joy taklif etilişi mumkin.

Masalan, oilaning amaldagi xonadoni 50 kvadrat metr bölsa, unga 75 kvadrat metrgaça bölgan yangi uy taklif qilinişi mumkin.

Boşqa variantlar ham közda tutilgan. Jumladan, 70 kvadrat metrli bitta xonadon örniga 105 kvadrat metrgaça bölgan kengroq uy yoki umumiy maydoni şu miqdorni taşkil etuvçi ikkita alohida xonadon, masalan, 45 va 60 kvadrat metrli uylar taklif qilinişi mumkin.

Bunda keltirilgan raqamlar qatʼiy kafolatlangan şartlar emas, balki ehtimoliy variantlar hisoblanadi. Har bir holat köçmas mulkning xususiyatlari va mulkdorlarning ehtiyojlaridan kelib çiqib, individual tartibda körib çiqiladi.

Takliflarni işlab çiqişga mustaqil taşkilotlar jalb etiladi. Xonadonlarning maydoni, soni va boşqa şartlar esa mulkdorlar bilan kelişiladi.

Ayrim oilalar uçun özlari yaşab kelgan tumanda qoliş muhim bölsa, boşqalar kengroq uy-joyga ega böliş yoki Yangi Toşkent hududiga köçib ötişni maʼqul körişi mumkin.

Şu bilan birga, renovatsiya jarayonida mulkdorlarning huquqlarini himoya qiliş, jarayonlarning şaffofligini taʼminlaş va kompensatsiya şartlarini özaro kelişiş asosiy tamoyillar bölib qoladi.