Unda Din işlari böyiça qömita hamda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasi rahbariyati, Özbekiston musulmonlari idorasi vakillari, imom-xatiblar, şuningdek, turli millat va diniy konfessiyalar yetakçilari iştirok etdi.
Tadbir “Bağrikenglik marşi” bilan boşlandi. Unda turli millat va din vakillari bir safda qatnaşib, yurtimizdagi tinçlik, hamjihatlik va özaro hurmat muhitini namoyon etdi. Şundan söng mamlakat farovonligi yölida xizmat qilgan insonlar xotirasi yodga olindi.
Marosim davomida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida boğ hududiga manzarali daraxt köçatlari ötqazildi.
Unda Özbekiston musulmonlari idorasining Toşkent şahridagi vakili, poytaxt boş imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Islom dinida yerni obod qiliş va daraxt ekiş eng fazilatli amallardan biri, savobi uzluksiz yetib boradigan sadaqai joriya ekanini taʼkidladi. Şuningdek, bunday xayrli işlar bardavom bölişi uçun duo qildi.
Taʼkidlanişiça, mazkur taşabbus diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlaş, tabiatni asrab-avaylaş hamda kelajak avlod uçun obod muhit yaratişga qaratilgan.