Unga köra, nogironligi bölgan şaxslar reabilitatsiya markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron tarzda, navbat asosida yöllanadi, navbat esa markazlardagi böş örinlar hisobga olingan holda avtomatik şakllantiriladi.
Yöllanma oliş uçun nogironligi bölgan şaxs yoki uning qonuniy vakili Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar orqali yoxud bevosita oilaviy şifokorga murojaat qiladi hamda xizmatni hududiy yoki milliy markazda, ambulator yoxud statsionar şaroitda olişni özi tanlaydi.
Sörovnomani körib çiqiş, yöllanma beriş hamda reabilitatsiya xizmatlari bepul amalga oşiriladi.
Oilaviy şifokor 5 iş kuni içida tibbiy körik ötkazib, şaxsda 569 ta tibbiy кўрсатмадан birortasi mavjudligi va 26 ta qarşi tibbiy körsatma mavjud emasligini aniqlagan taqdirda yöllanmani elektron şaklda şakllantiradi.
Reabilitatsiya xizmatlari nogironlik muddatiga qarab ambulator şaroitda yiliga 2–3-marta, statsionar şaroitda esa yiliga 1–2-marta körsatiladi.
Ariza beruvçi navbat holatini real vaqt rejimida kuzatib borişi mumkin hamda navbat kelişidan 10 kun oldin SMS-xabarnoma orqali ogohlantiriladi.