Loyiha doirasida Karmana tumanida eng soʻnggi texnologiyalar asosida 220/500 kV kuchlanishli yangi ochiq taqsimlash qurilmasi ham barpo etilmoqda.
Mazkur obyekt yangi bugʻ-gaz qurilmasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona energetika tizimiga uzatishni taʼminlaydi.
Yangi energetika quvvatlarining ishga tushirilishi mamlakat energetika tizimining ishonchliligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.