Davlatimiz rahbari hosil yigʻishtirish ishlari qizgʻin kechayotgan kunlarda qashqadaryoliklar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirdi.
Mamlakatimiz yetakchisi yigʻilish ishtirokchilarini Oʻzbek tili bayrami bilan tabriklab, Qashqadaryo farzandi, Oʻzbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni yodga oldi.
Bir necha yil avval eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri boʻlgan Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingan. Davlatimiz rahbari bu natijaga erishish uchun aniq hisob-kitoblar mavjudligini qayd etdi.
– Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida boʻlgan oʻzgarishlarni koʻrib, tadbirkor, investor, yoshlarning koʻzlaridagi shijoatni koʻrib, juda katta kuch oldim, – dedi Prezidentimiz.