Oilprice.com ma’lumotlariga ko‘ra, 22 oktyabrda Brent neftining bir barreli 110,50 dollarga yetdi. Narx 1,68 dollarga yoki 1,54 foizga oshdi.

WTI nefti narxi ham bir barrel uchun 98,41 dollarni tashkil etib, 1,30 foizga qimmatladi, deb xabar berdi Kazinform.

Urals nefti esa, aksincha, 0,84 dollarga yoki 0,80 foizga arzonlab, bir barreli 104,76 dollarga tushdi.

Fors ko‘rfazi mintaqasidagi mojaroning kuchayishi neft yetkazib berish bilan bog‘liq xavflarni oshirmoqda.