28-sentabr ertalabgi holatga ko‘ra, Brent markali neft fyucherslari 1,74 foizga qimmatlab, bir barreli 106,14 dollarni tashkil etdi, deb xabar berdi Kazinform.
WTI markali neft narxi 0,90 foizga oshib, bir barreli 93,24 dollarga yetdi.
Rossiyaning Urals markali nefti narxi esa 3,57 foizga ko‘tarilib, bir barreli 113,61 dollarga teng bo‘ldi.
Hozirda neft bozoriga bir nechta omil ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, investorlar AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar natijasini kutmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, mintaqadagi keskinlik pasayib, Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft yetkazib berish qayta tiklanishi mumkin.
25-sentabrdan beri neft narxi AQSh va Eron o‘rtasida sulh bitimi tuzilishi mumkinligi haqidagi taxminlar fonida o‘zgarib kelmoqda. Shuningdek, bozor ishtirokchilari Yaqin Sharqdan neft yetkazib berish bilan bog‘liq xavflarni kuzatmoqda.