Birinçi örinda 1,48 milliardga yaqin aholisi bölgan Hindiston, undan keyin 1,41 milliard aholiga ega Xitoy turadi. Bu ikki Osiyo davlatiga dunyo aholisining deyarli 35 foizi töğri keladi. Uçinçi örinni AQŞ egallagan – 349 millionga yaqin aholi.

Undan keyingi örinlarda Indoneziya (288 million) va Pokiston (260 million) joy olgan.

Nigeriya Afrikaning aholisi eng ziç joylaşgan davlati bölib, taxminan 243 million aholi bilan oltinçi örinni egallaydi. Röyxatni 213 million aholi yaşaydigan Braziliya yakunlaydi.

Infografikadan körinib turibdiki, bu yetti davlat birgalikda Yer aholisining taxminan 51,2 foizini taşkil qiladi.

BMT hisob-kitoblaridan foydalangan holda tayyorlangan Data Reportal Digital 2026 Global Overview Report hisobotida ötgan yilning oktyabr oyida dunyo aholisi taxminan 8,25 milliard kişiga baholangan. Unda, şuningdek, Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, sayyoramizdagi eng köp aholiga ega mamlakatga aylangani qayd etilgan.

Yetti mamlakatda demografik tendensiyalar bir-biridan farq qiladi. Hindiston, Pokiston va Nigeriya aholisi ösişda davom etmoqda, Xitoyda esa uning qisqarişi kuzatilmoqda.

DataReportal maʼlumotlariga köra, 2025-yil oktyabr oyigaça bölgan 12 oy içida Xitoy aholisi taxminan 3,25 million kişiga kamaygan, Hindiston aholisi esa deyarli 12,9 million kişiga köpaygan. Bu maʼlumotlar sayyora aholisining notekis taqsimlanganligini yaqqol körsatib turibdi: bor-yöği yettita davlatda dunyoning qolgan barça davlatlarini qöşib hisoblaganda köproq odam yaşaydi, deb yozadi naked-science.ru.