Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktyabrdagi 668-son qaroriga muvofiq, “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyati maxsus litsenziya asosida amalga oşiriladi. Mazkur tartib ziyoratçilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning xavfsizligini taʼminlaş hamda sifatli xizmatlardan foydalanişini kafolatlaşga qaratilgan. Ammo, belgilangan tartibga qaramay, ayrim şaxslar tomonidan qonunni çetlab ötgan holda, “Umra” ziyoratini taşkil etişga uriniş holatlari qayd etilmoqda.
Mamlakatimiz miqyosida ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida ana şunday qonunbuziliş holatlariga çek qöyildi.
Xususan, Samarqand şahrida içki turizm sohasida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi işçisi tegişli litsenziya va ruxsatnomaga ega bölmagan holda, 3 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborişini aytib, evaziga har biri uçun 1200 AQŞ dollaridan, jami 3600 AQŞ dollari talab qilgan.DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxs 3600 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Xuddi şunday holat Guliston şahrida ham kuzatildi. Unda 1974-y.t. şaxs Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi turfirma orqali 3 nafar fuqaroni muqaddas diniy amallarni bajariş uçun Saudiya Arabistoniga noqonuniy yuboriş evaziga jami 3300 AQŞ dollari va 1,2 mln söm olgan vaqtida DXX Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda IJQKDning viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.