«Veolia Energy Taşkent» maʼlum qilişiça, issiqlik taʼminotidagi muammolar yuzasidan aholi bir neçta aloqa kanallari orqali murojaat qilişi mumkin.
Jumladan, 1347 qisqa raqami orqali sutka davomida murojaat qoldiriş mumkin. Şuningdek, 24/7 rejimda işlaydigan @vet_pokazaniya_bot Telegram-boti hamda 1055 qisqa raqami orqali murojaatlar qabul qilinadi.
Bundan taşqari, poytaxtning tumanlari böyiça dispetçerlik xizmatlarining alohida telefon raqamlari belgilangan:
- Olmazor tumani — +998 78 129-01-55;
- Mirobod tumani — +998 71 291-80-96;
- Mirzo Uluğbek tumani — +998 71 267-12-26;
- Sergeli va Yangihayot tumanlari — +998 71 258-09-95;
- Uçtepa tumani — +998 71 275-05-73;
- Çilonzor tumani — +998 71 278-40-12;
- Şayxontohur tumani — +998 71 249-45-99;
- Yunusobod tumani — +998 55 588-42-43;
- Yakkasaroy tumani — +998 71 254-87-26;
- Yaşnobod va Bektemir tumanlari — +998 78 129-01-58;
- Vodnik mavzesi — +998 78 129-01-73.
Agar xonadon issiqlik tarmoğiga ulangan bölsa-da, radiatorlar sovuqligiça qolayotgan yoki bir tekis isimasa, uyga xizmat körsatuvçi boşqaruv taşkilotiga murojaat qiliş lozim. Çunki bunday holatlarda binoning içki isitiş tizimida nosozlik bölişi mumkin.
Eslatma: issiqlik xonadonlarga bosqiçma-bosqiç yetkazib berilayotgani sababli, barça uylarda isitiş bir vaqtda boşlanmasligi mumkin.