«Özsuvtaʼminot» AJ raisi birinçi örinbosari Islom Abdullayev 30-oktyabr kuni Toşkentda ötkazilgan matbuot anjumanida yangi tartib haqida maʼlum qildi.

Uning aytişiça, isteʼmolçilar içimlik suvi va oqova suv xizmatlari uçun tölovlarni keyingi oyning 10-sanasiga qadar töliq amalga oşirişi kerak. Agar tölov öz vaqtida qilinmasa, isteʼmolçi ogohlantiriladi va qarzni tölaş uçun beş kun muddat beriladi.

Şundan keyin ham qarzdorlik bartaraf etilmasa, amaldagi tartibda xizmat körsatiş çeklanadi va qarzni undiriş çoralari köriladi.

Yangi tartibga köra, qarzdorlik bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 1 000 baravarigaça bölsa, uni notarius orqali, uşbu miqdordan oşsa, sud orqali undiriş çoralari köriladi.

Şundan söng ijro hujjati rasmiylaştirilib, Majburiy ijro byurosiga yuboriladi.

Agar isteʼmolçi ijro hujjatida belgilangan majburiyatni ham bajarmasa, qonunçilikda belgilangan tartibda uning elektr energiyasi uçun tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati çeklanişi mumkin.

Yaʼni, suv va oqova suv xizmatlari uçun qarzdorlik elektr energiyasi uçun tölov qilişda ham muammo keltirib çiqarişi mumkin.

«Özsuvtaʼminot» vakilining taʼkidlaşiça, suvdan qarzdorlik yuzaga kelgan zahoti elektr energiyasi uçun tölov qabul qiliş çeklanmaydi.

Isteʼmolçiga qarzni tölaş uçun vaqt beriladi. Elektr energiyasi uçun tölov qiliş imkoniyati faqat qarzdorlik belgilangan tartibda undirilmay, saqlanib qolgan taqdirdagina çeklanişi mumkin.

Şuningdek, Islom Abdullayevning maʼlum qilişiça, qarzni undirişning yangi tartibi ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga nisbatan qöllanilmaydi.

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuçga kiradi.