Googleʼning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat organlari bilan aloqalar va davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni LinkedIn sahifasida Özbekistondagi özgarişlar haqida fikr bildirdi.
Uning taʼkidlaşiça, joriy yil boşida Özbekiston şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş sohasidagi yondaşuvini yangiladi. Maʼlumotlarni qatʼiy lokalizatsiya qiliş örniga, moslaşuvçan va muvozanatli yondaşuv tanlandi.
Doron Avni bu islohotlarning amaliy natijasi köp kuttirmaganini qayd etdi: Google Pay Özbekistonda işga tuşdi.
«Hukumatlar oldindan tuşunarli va global tizimlar bilan özaro işlay oladigan qoidalarni yaratsa, global texnologiyalar ham tez kirib keladi», — deb yozdi u.
Google vakili uşbu voqeani Özbekiston va AQŞning raqamli modernizatsiyani jadallaştiriş borasidagi umumiy intilişining misoli sifatida baholadi.
Google Payʼning Özbekistonda işga tuşirilişi AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning mamlakatga taşrifi va Samarqanddagi C5+1 vazirlar sammiti davomida eʼlon qilingan edi.
«Özbekiston pragmatik siyosat orqali yangi imkoniyatlarga yöl oçiş mumkinligini amalda körsatmoqda», — deb taʼkidladi Doron Avni.
Saida Mirziyoyeva joriy yilning sentyabr oyida Nyu-Yorkda Google vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uçraşib, texnologik hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan edi.
«Biz sönggi yillarda şaxsga doir maʼlumotlarni qayta işlaş va raqamli tölovlar sohasidagi qonunçilikni takomillaştirdik. Buning natijasida Özbekistonda xalqaro tölov tizimlaridan erkin foydalaniş uçun keng yöl oçilmoqda», — degan edi Prezident administratsiyasi rahbari.
27-oktyabr kuni Özbekistonda Google Pay va Apple Pay tizimlari tölaqonli işga tuşgani eʼlon qilindi.