Shu munosabat bilan 2026-yil 3-avgust soat 10:00 dan 4-avgust soat 10:00 gacha Mirzo Ulug‘bek tumanidagi suv taqsimlash inshootida rejali profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Ishlar doirasida mutaxassislar beshta magistral zulfinni almashtiradi: ikkitasi diametri 1200 millimetrli va uchtasi diametri 800 millimetrli.

Ishlarning asosiy maqsadi — shahar suv ta’minoti tarmoqlaridagi bosimni me’yorlashtirish, ichimlik suvining yanada bir me’yorda taqsimlanishini ta’minlash, tizim ishonchliligini oshirish hamda undan foydalanishda elektr energiyasi sarfini kamaytirishdan iborat.

Ishlarni to‘liq va xavfsiz bajarish uchun 24 soat talab etiladi:

8 soat — suv berishni to‘xtatish va tarmoqlarni bo‘shatish uchun;

8 soat — beshta zulfinni almashtirish uchun;

8 soat — quvurlarni bosqichma-bosqich to‘ldirish, suv yetkazib berishni tiklash va tizimning gidrodinamik rejimini me’yorlashtirish uchun.

Aholining ertalabki suv iste’moli eng yuqori bo‘lgan vaqtda ichimlik suvidan foydalanib qolishi uchun ishlarni soat 10:00 da boshlash belgilandi.

Profilaktika tadbirlari o‘tkaziladigan vaqtda poytaxtning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatib turiladi.

Vaqtinchalik uzilish quyidagilarga ta’sir qiladi:

22 ta mahallaga;

884 ta ko‘p xonadonli uyga;

7 006 ta yakka tartibdagi xonadonga;

242 ta davlat va ijtimoiy soha muassasasiga;

33 017 nafar aholiga.

Markazlashgan suv ta’minotidan vaqtincha uzilgan barcha mahallalar, shuningdek, davlat va ijtimoiy soha muassasalariga ichimlik suvi maxsus transportda yetkazib beriladi.