Toshkent viloyati Kengashi xalq deputatlari qarori bilan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, 1 kub metr suv uchun QQSsiz tariflar quyidagicha belgilangan:

— jismoniy shaxslar uchun ichimlik suvi — 3100 so‘m (avval 2600 so‘m), oqova suv xizmati — 1500 so‘m (avval 1300 so‘m);

— budjet va tijorat tashkilotlari uchun ichimlik suvi — 16 000 so‘m (avval 15 000 so‘m), oqova suv xizmati — 4000 so‘m (avval 3000 so‘m).

Toshkent viloyatida sovuq suv va kanalizatsiya tariflari so‘nggi marta 2025-yil yozida oshirilgan. O‘shanda aholi uchun tariflar 30 foizga, budjet tashkilotlari uchun esa 60 foizga ko‘tarilgan.