Tashrif dasturiga muvofiq, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston – Iordaniya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Xususan, to‘qimachilik, tog‘-kon va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika kabi ustuvor sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va sayyohlik almashinuvlarini faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.