Lekin hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yoʻl topib, unga Vatanga muhabbat va masʼuliyat tuygʻusini singdira olmaydi.
Prezidentimiz taʼlim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolaganini maʼlum qildi. Ular orasida pedagoglar bilan birga taʼlim rivojiga hissa qoʻshayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor. Uchrashuvda mukofotlar oʻz egalariga topshirildi.
Davlatimiz rahbari mukofot sohiblarini tabriklar ekan,
«Ishoning, men ularni koʻksingizga taqib, sizlardan ham koʻproq xursand boʻlyapman», – dedi.
Shuningdek, taʼlimning barcha boʻgʻinlaridagi ilgʻor pedagoglarni ragʻbatlantirish uchun jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini taʼsis etish taklif qilindi. Uning ilk sohiblarini kelasi yilgi bayram arafasida eʼlon qilish va taqdirlash koʻzda tutilmoqda.