Klub yangi mavsum oldidan oʻz logotipini yangiladi. Yangi logotipni yaratishda koʻk, qizil va oq ranglardan foydalanilgan. “A” harfi koʻrinishidagi logotipda Zahiriddin Muhammad Bobur haykali va burgut (jamoa laqabi) tasvirlangan.
Shuningdek, jamoa oʻz oʻyinlarini oʻtkazib keladigan “Sogʻlom avlod” stadioni nomi ham “Bobur Arena”ga almashtirildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida Andijon shahridagi markaziy stadion nomini “Bobur Arena” deb nomlash taklifi ilgari surilgan edi. Mazkur oʻzgarish orqali Farmonning ijrosi taʼminlandi.
Taʼkidlash kerak, dunyodagi koʻplab stadionlar tarixiy shaxslar nomi bilan ataladi. Bunga Monakodagi Lui II stadioni, Istanbuldagi turk xalqining milliy qahramoni Mustafo Kamol Otaturk nomi berilgan Olimpiya stadioni yoki Grozniydagi Ahmad Qodirov sharafiga qayta nomlangan “Ahmat Arena”larni misol keltirish mumkin. Endi ular safiga Andijondagi “Bobur Arena” ham qoʻshildi.
Andijondagi “Sogʻlom avlod” stadioni nomi “Bobur Arena”ga oʻzgartirildi
2020-yilgi futbol mavsumida katta mashaqqatlar evaziga superligadagi oʻrnini saqlab qolgan “Andijon” klubida marketing borasida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda jamoa matbuot xizmati.
Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasining VII kongressi ishtirokchilariga
- Oktabr oyi neft narxining pasayishi bilan boshlandi
- Qozog‘iston, O‘zbekiston va BAA Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘l yo‘nalishini ishlab chiqadi
- Andijon va Farg‘onada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi
- Iste’dodlar qadrlangan yurtda g‘alabalar bardavom
- Dorilamon kunlar saodati
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda