Klub yangi mavsum oldidan oʻz logotipini yangiladi. Yangi logotipni yaratishda koʻk, qizil va oq ranglardan foydalanilgan. “A” harfi koʻrinishidagi logotipda Zahiriddin Muhammad Bobur haykali va burgut (jamoa laqabi) tasvirlangan.
Shuningdek, jamoa oʻz oʻyinlarini oʻtkazib keladigan “Sogʻlom avlod” stadioni nomi ham “Bobur Arena”ga almashtirildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida Andijon shahridagi markaziy stadion nomini “Bobur Arena” deb nomlash taklifi ilgari surilgan edi. Mazkur oʻzgarish orqali Farmonning ijrosi taʼminlandi.
Taʼkidlash kerak, dunyodagi koʻplab stadionlar tarixiy shaxslar nomi bilan ataladi. Bunga Monakodagi Lui II stadioni, Istanbuldagi turk xalqining milliy qahramoni Mustafo Kamol Otaturk nomi berilgan Olimpiya stadioni yoki Grozniydagi Ahmad Qodirov sharafiga qayta nomlangan “Ahmat Arena”larni misol keltirish mumkin. Endi ular safiga Andijondagi “Bobur Arena” ham qoʻshildi.
Andijondagi “Sogʻlom avlod” stadioni nomi “Bobur Arena”ga oʻzgartirildi
2020-yilgi futbol mavsumida katta mashaqqatlar evaziga superligadagi oʻrnini saqlab qolgan “Andijon” klubida marketing borasida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda jamoa matbuot xizmati.
Fanlar akademiyasi va BuxDU: ilmiy hamkorlikning yangi yoʻnalishlari muhokama qilindi
- Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila: qurbonlar soni 47 nafarga yetdi
- Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida avariyaviy quduqni yopish ishlari boshlandi
- Mashhur sportchi va murabbiy Rufat Asadovich Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirildi
- FVV qutqaruvchisi xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘ldi
- Banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasiga qo‘yiladigan talablar belgilandi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- 2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi
- Bugun tunda yilning eng noyob meteor yomg‘iri kuzatiladi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi