Xususan, Andijon shahrining aholi gavjum bo'lgan 17 ta nuqtasida, shuningdek, viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi dehqon bozorlarida maxsus savdo rastalari ish boshladi.

Yarmarkalarda 100 turdan ortiq mahsulot bozordagi amaldagi narxlardan 20–30 foizgacha arzonlashtirilgan holda sotilmoqda.

Tashkilotchilarga ko'ra, yarmarkalardan ko'zlangan maqsad aholinni sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta'minlash hamda bayram arafasida qo'shimcha qulayliklar yaratishdan iborat.

Imtiyozli savdo yarmarkalari 15 avgustdan 5 sentyabrgacha uzluksiz davom etadi.