O‘tkazilgan sayyor qabullarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 17 ta tuman va shahridan kelgan 200 nafardan ortiq fuqaro hamda tadbirkorlarning yer va kadastr sohasiga oid murojaatlari tinglandi.
Xususan, 15-oktyabrda 12 ta tuman va 1 ta shahar aholisi tomonidan 136 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 16-oktyabrda Beruniy tumanida davom etgan qabulda Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l va Amudaryo tumanlaridan kelgan fuqarolar tomonidan 72 ta murojaat bildirildi.
Sayyor qabullar davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar, ko‘chmas mulk obe’ktlariga oid kadastr hujjatlari hamda sohaga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.
Murojaatlarning vakolat doirasida hal etilishi mumkin bo‘lganlari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar nazoratga olindi. Ularning qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishini ta'minlash bo‘yicha mas'ul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Minajatdin QUTLЫMURATOV,